«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.
2014 yildan beri Kataloniya klubi prezidenti sifatida işlab kelgan Bartomeu özining direktorlar kengaşi bilan iste'foga çiqdi.
Tegişli qaror «Barsa» rahbarlarining 27 oktyabrdagi uçraşuvidan söng qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, 26 oktabr kungi matbuot anjumanida Bartomeu iste'foga çiqmasligini aytgandi.
Bartomeu iste'fodan söng nega avvalroq işdan böşamagani sabablarini aytib ötdi.
«Özim va direktorlar kengaşining iste'fosini qabul qilaman. Bu – umumiy yeçim.
Çempionlar Ligasida «Bavariya»ga (2:8) uçralgan mağlubiyatdan söng eng oson qaror iste'foga çiqiş bölardi.
Mağlubiyatdan söng darhol klubning barqaror kelajagini kafolatlaydigan qarorlar qabul qilinişi kerak edi. Buni pandemiya davrida qiliş kerak edi va biz klubni mahorati kam menejyerlar qöliga topşira olmadik.
Murabbiyni kim taklif qiladi? Futbolçilar bilan kim şartnoma imzolaydi? Messining qolişini kim ta'minlagan bölardi. Maoşlarni kim optimallaştiradi? Bular direktorlar kengaşining vazifalari edi.
Keyingi saylov sanasini belgilab qöydik. Avvalroq iste'foga çiqqanimizda, jamoa inqirozga uçraşi mumkin edi. Saylovlar mart oyiga belgilanganini hisobga olib, bizda iste'foga çiqişga asos yöq edi. Bosim tufayli qoçişni istamadik».











