Hujjat bilan transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xöjalik birlaşmalari röyxati tasdiqlandi.

Röyxatdan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Özbekneftgaz”, “Öztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Özbekgidroenergo”, “Özkimyosanoat”, “Özbekiston poçtasi”, “Özbektelekom”, "Özdonmahsulot", “Özavtosanoat”, “Toşşahartransxizmat”, “Özbekiston temir yöllari”, “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” va boşqa korxonalar örin olgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Davlat aktivlari agentligi 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan ötkazib, ularni bekor qiliş böyiça qaror loyihasini Özbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritadi.

Korxonalarni transformatsiya qiliş jarayonlari bilan birgalikda ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga töliq ötiş, raqobat muhitini şakllantiriş hamda xususiy sektorni jalb qiliş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiladi.