Ma'lum qilinişiça, «Angren şakar» korxonasi 5 oydan buyon faoliyat körsatmayapti. Ayni damda 150dan ortiq işçi-xodim işdan böşatilgan. Qolganlar bilan ham kelgusida korxona iş faoliyati tiklangaç, qayta işga oliş şarti bilan mehnat şartnomalari bekor qilinmoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlarda «Angren şakar» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan xodimlar ommaviy ravişda işdan böşatilayotgani bilan boğliq ma'lumotlar tarqaldi. Mazkur holat viloyat hokimligi axborot xizmati va OAV vakillari bilan birgalikda joyiga çiqqan holda örganildi.
Korxona iş faoliyatini töxtatgani alohida yondaşuvni talab qilişi, boz ustiga, masalaning mohiyatida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, çunonçi, talab va taklif qonuni turganini inobatga olib, ayni paytda muammoning bu jihatiga töxtalmaymiz. Biz bu örinda, korxona faoliyat olib bormagan davrda unda mehnat qilayotgan 600 nafardan ziyod işçi-xodimlar taqdiri haqida söz yuritamiz.
Mazkur korxona qariyb 5 oydan buyon faoliyat körsatmasdan kelmoqda. Lekin şunga qaramasdan, şu vaqtga qadar işçi-xodimlarga oylik maoş tölab kelingan. Ayrimlari esa haq tölanmaydigan ta'tilga çiqarilgan.
Hozirgi vaqtga kelib, korxona tomonidan özaro kelişuv asosida, ya'ni kelgusida korxona iş faoliyatini tiklagaç, qayta işga oliş şarti bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilinmoqda.
Ayni damda 150dan ortiq işçi-xodim işdan böşatilgan, ularning barçasiga kompensatsiya pullari tölab berilgan. Işdan böşatişlar, haq tölanmaydigan mehnat ta'tillari yana davom etişi mumkin.
Ayni paytda Ohangaron şahar va tuman hokimligi vaqtinça işsiz qolgan fuqarolarni iş bilan ta'minlaş böyiça dastlabki rejalarni muhokama qilib, takliflar tayyorlanmoqda. Bunda, asosan, sanoat va işlab çiqarişda ma'lum tajribaga ega bölgan işçilarni öz sohasiga yaqin bölgan işlab çiqariş obektlariga işga joylaştiriş nazarda tutilmoqda.
Bugun Ohangaron tumani hokimining birinçi örinbosari Mirşohid Miryunusov, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça 4-sektor rahbari Anvar Möminov mazkur korxonada bölib, işçilar va rahbarlar bilan suhbatlaşdi.
Korxonadan böşatilgan işçi-xodimlarga 15 kun muddatda yangi iş örinlari taklif etiş böyiça xulosa tayyorlanayotgani haqida axborot berildi», deyiladi bayonotda.
«Angren şakar» va «Xorazm şakar» mas'uliyati çeklangan jamiyatlari ommaviy ravişda xodimlarini işdan böşatişni boşlagani xabar qilingandi











