«Koptok» tadbirkorlar hali ham tepilmoqda…

Zangiota tumani Eşonguzar qörğonida qurilgan istirohat boği örnida buzilgan noturar joy binolarining kompensatsiya pullari tadbirkorlarga hamon tölab berilmayapti. Kompensatsiya örniga va'da qilingan yerga esa egalik huquqi berilmagan.

Boğ qurilişi munosabati bilan, tadbirkorlarga tegişli önlab noturar binolar kompensatsiyasi masalasi töliq hal qilinmasdan turib buzib taşlangan. Örniga yer va'da qilingani, hatto tadbirkorlarga u yer aynan qayerdan ajratilişi ham körsatilgani rost. Ammo, mana şu va'daning berilganiga ham 6 oy töldi. Kompensatsiya örniga berilgan yerga egalik huquqi esa berilgani yöq. Fuqarolar sarson, oilalar daromadsiz qolmoqda.

Bu masala yuzasidan saytimiz orqali ikki marta tanqidiy maqola e'lon qilindi. Har gal «muammo bir haftada hal böladi», degan javob beriladi. Ammo afsuski, na tuman va na viloyat hokimligi va'dasini eslayapti.

Yana şunday muammo, bunisi Qibrayda

Qibray tumanida joylaşgan, «SM GRAND GIGANT STROY» MÇJ foydalanib kelgan 1,89 gektar yer maydoni tuman hokimining 2019 yil 14 martdagi qaroriga asosan, davlat va jamoat ehtiyoji uçun olib qöyilgan va undagi bino va inşootlar buzib taşlangan.

Tölanişi kerak bölgan 10,4 mlrd söm kompensatsiya örniga hokimlik faqat 7,1 mlrd sömini tölab bergan. Qolgan 3,3 mlrd söm 1,5 yildan oşiqroq vaqt ötdiki, tölab berilmayapti.

Sud qarori ijroga qaratilganiga berilganiga ham 5 oydan oşgan. Ammo MIBning «jonsiz» harakatlari heç qanday samara bergani yöq.

E'tiborli tomoni, qarzdor taşkilotning hisob raqamida milliardlab mablaği, son-sanoqsiz mol-mulki mavjud. Faqat undirib bera oladigan yurak kerak.