Morgellon kasalligi
Bu kasallikni 2002 yilda amerikalik şifokorlar rasman qayd etdilar. Kasallik keçişining öziga xos xususiyati şundaki, bemor öz terisi ostida yuzlab haşarotlar, çuvalçanglar va turli qurtlar yurgandek his qiladi hamda buning sababini sira tuşuntira olmaydi.
Dastlab şifokorlar bu holatga psixik muammo sifatida qaraganlar, ammo bemorlar terisidagi qiçişiş, şişlar, qizarişlar va muşaklarning uzluksiz qisqarişi kuzatilganidan keyin yanada köproq örganişga majbur bölganlar.
2012 yilga kelibgina bu belgilar ruhiy kasallik belgilari ekanligi böyiça uzil-kesil xulosaga kelindi.
Xatçinson kasalligi (progeriya)
Progeriya yoki Xatçinson kasalligi — kamyob kasalliklar orasida eng maşhuri. Tuğma genetik anomaliya tufayli bu kasallikka çalingan insonlar me'yordagiga nisbatan 8 barobargaça köproq tezlikda qariy boşlaydilar. Ammo e'tiborli jihati, tana har qança keksaymasin, aql bolalikdagiça qoladi.
Aksariyat hollarda bunday bolalar 12-13 yoşgaça nobud böladilar. Biroq Yaponiyada bu kasallikka çalingani holda 45 yoşgaça yaşagan inson ham bor. Dunyo böyiça 80taga yaqin qayd etilgan bu kasallik öğil bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar köp uçraydi.
Bunday bemor Özbekistonda, Andijon tumanida ham bor.
Baliq hidi sindromi
Bu kasallik nisbatan köp uçraydi, balki mana şu satrlarni öqiyotgan muştariylar orasida ham kimdir badanidan baliq hidi anqib turadigan odamni uçratgan ham çiqar. Sindrom ham holatni aynan ifodalagan holda nomlangan – baliq hidi sindromi (fan tilida — trimetilaminuriya).
Bu genetik patologiyaning öziga xos jihatida jigar trimetilaminlarni qayta işlay olmay qoladi. Bu modda ötkir va yoqimsiz hidi bilan ajralib turadi. Natijada butun tanadan badböy taralib turadi. Bu kasallikning ham samarali davosi topilmagan.
Oğriqni sezmaslik
Bir qaraşda muammo emasdek tuyiladigan bu sindrom ham inson uçun juda xavflidir. Bu, ayniqsa, bolalarda oğir keçadi. Suyaklari sinar darajada yiqilgan bolalar ham bu kasallik tufayli jilmayib turaverganlari qayd etilgan. Dunyo böyiça bir neça yuz şunday insonlar mavjud. Odatda yoş ulğaygani sari oğriq paydo böladi va katta yoşlilarda deyarli uçramaydi.













