
Sessiyada Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ma'ruza qildi. Ta'kidlanişiça, bugungi kunda viloyatda 1 892 ta maktabgaça ta'lim taşkilotlari, 971 ta ta'lim muassasalari, 10 ta oliy ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda.


Sessiyada iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği, tuman va şahar xalq ta'limi bölimi mudirlari bir vaqtning özida hudud hokimlarining ta'lim va tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi ekani inobatga olinib, ularga mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan xizmat avtomaşinalari ajratilgan.
Şuningdek, hokimliklarda XTB rahbarlari uçun xizmat xonasi ajratilib, jihozlab berilişi belgilandi.











