Tiş oğriği naqadar azob ekanini juda köpçilik yaxşi biladi. Qarindoşlarim orasida yaxşi stomatologlar bölgani uçun şu vaqtgaça tiş böyiça heç ham muammoga uçramagan edim. Lekin Koreyada uzoq vaqtdan beri yaşayotganimiz uçun baribir ham tiş doktoriga işimiz tuşdi.

Umuman olganda, menga öxşab Koreyada yaşovçi köplab yurtdoşlarimizni ham tiş oğriği bezovta qilişi mumkinligi haqida öylab, Koreya stomatologiyasi haqida özim bilgan va körganlarim bilan örtoqlaşişga qaror qildim.

Eng avvalo, şuni aytiş kerakki, Janubiy Koreyada stomatologiya xizmati juda ham qimmat. Agar siz Özbekistonda tişni davolatiş rosa qimmatga tuşadi, deb yurgan bölsangiz, Koreyadagi narxlarni eşitib, adaşibman, deyişingiz aniq.

Qimmatligiga qaramay, Koreyadagi stomatologiya klinikalari doimo mijozlar bilan gavjum. Bilişimça, bunga asosiy sabab – koreyaliklar taomnomasi. Ularning kundalik ratsioni asosan aççiq taomlar va yeguliklardan iborat bölgani uçun ham tişlari salomatligiga katta e'tibor berişadi.

Şu mavzuda gap ketganda, koreyslarning eng bir ajoyib odatini eslaş şart deb öylayman: koreyslar tişlarini kuniga 5-6 mahal yuvişni kanda qilişmaydi. Magistraturada öqiyotgan vaqtimda koreys kursdoşlarim har safar ovqatlangaç yoki hatto qahva içganidan keyin ham doimo tişlarini yuvişiga guvoh bölganman. Ular doim tiş pastasi va çötkasini özlari bilan olib yurişadi.

Kattalar uçun stomatologiya xizmati

Xullas, Vonju şahrida ilk marta tiş şifokori huzuriga plomba qöydiriş uçun borişimga töğri keldi. U vaqtda hali davlat tomonidan çet elliklar uçun beriladigan tibbiy suğurtamiz yöq edi.

Seoul Insung ctomatologiyasi şahar markazi emas, çekka hududda, uyimizga yaqin yerda joylaşgan bölsa ham, klinikadagi şart-şaroitlarni körib hayron qoldim. Navbat kutiş xonasida yumşoq örindiqlar, zamonaviy televizor, bepul qahva maşinasi, çoy, şirinliklar bor. Eng quvonarlisi, aksar şifokorlar ingliz tilida bemalol sözlaşar ekan.