Yiğilişda prezidentning 27 oktabr kuni qabul qilingan «Davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qilişni jadallaştiriş hamda davlat aktivlarini xususiylaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida belgilangan vazifalarning amaliy jihatlari muhokama qilingan.
Farmon ilovalariga muvofiq, 2 mingdan ortiq davlat aktivlariga tegişli masalalar tasdiqlangan. Şundan 479ta korxona va 15ta köçmas mulk savdolarga qöyiladi, 62ta korxona xususiylaştirişga tayyorlanadi, 32ta korxona va tarmoq transformatsiya qilinadi, 507ta bozor faoliyati takomillaştiriladi. Bundan taşqari, ilgarigi qarorlarda körsatilgan 386ta hamda sotiş vakolati hokimlarga berilgan 559ta obekt savdolarga çiqariladi.
«Oçiq aytiş kerak: oldin ham xususiylaştiriş böyiça köplab qarorlar qabul qilingan. Lekin birorta rahbar pastga tuşib, bu sohadagi bilim va metodikani joylarga yetkazmagani sababli köp korxona va obektlar sotilmasdan turibdi, na davlatga, na tadbirkorga naf keltiryapti», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda şu boradagi muhim yönalişlar körsatib ötildi. Avvalo, tadbirkorlarga taklif etiladigan 479ta korxonaning har biriga alohida yondaşiş, ularni soddalaştirilgan tartibda savdoga çiqariş kerakligi ta'kidlandi.
Masalan, Qarşi şahridagi «Texnik ta'mirlaş-butlaş» korxonasining 2 gektar yer maydoni va 6,5 ming kvadrat metrlik binolaridan foydalanilmayapti. Ayni paytda, bu yerda yuzlab tadbirkor öz biznesi uçun yer ajratiş töğrisida murojaat qilgan. Bunday misollarni har bir viloyatda köplab topiş mumkin.
Şu bois, böş yer va inşootlarni xatlovdan ötkazib, korxonalar ehtiyojidan ortiğini auksionga çiqariş zarurligi aytildi. Avval qabul qilingan qarorlar doirasidagi hamda sotiş vakolati viloyat hokimlariga berilgan davlat obektlarini xususiylaştirib, yangi iş örinlari taşkil etiş böyiça körsatma berildi.
62ta yirik korxonani oldin investitsiyaviy jozibadorligini oşirib, keyin xususiylaştiriş muhimligi ta'kidlandi.
Misol uçun, «Qöqon neftgaz parmalaş işlari» korxonasining yillik tuşumi 85 milliard söm bölsa-da, sof foydasi katta emas.
Yoki, «Xorazmsuvquriliş» korxonasi sönggi 2 yilda foyda olmagan. Vaholanki, Yangiariq tumanida uşbu korxonaga tegişli 1 gektardan ziyod yer maydoni va 3 ming kvadrat metrdan ortiq daromad keltirmaydigan binolari mavjud.






















