Hisobotga köra, kompaniyaning 26 sentyabrda yakunlangan 4-çorak böyiça iPhone smartfonlari savdosidan olgan tuşumi 26,4 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu esa 2019 yilning 4-çoragiga nisbatan 20,7 foiz kamroqni taşkil qilgan. Jumladan, kompaniyaning Xitoyda ayfonlar savdosi hajmi 29 foizga qisqarib, 7,9 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bu qisqariş kompaniya pandemiya sababli yangi smartfonlari çiqarilişini keyinroqqa qoldirgani bilan boğlangan.
Biroq kompaniyaning 4-çorakdagi umumiy tuşumi 2019 yildagiga nisbatan biroz köproqni taşkil qilgan va 64,7 mlrd dollarga yetgan. Bunga Mac kompyuterlari, AirPods quloqçinlari va boşqa aksessuarlar savdosi evaziga erişilgan.
Apple joriy sentyabrda 12 yil içida birinçi marta öz taqdimotini iPhone’ning yangi modellarisiz ötkazdi. Bunga pandemiya sababli butlovçi qismlar yetkazilişidagi uşlanişlar sabab bölgan. Kompaniya yangi smartfonlarini keyinroq, 13 oktyabrda taqdim qildi.












