«Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, sifatli kömir bilan ta'minlaşdagi muammolar» mavzusiga bağişlangan matbuot anjumanida “Özbekkömir” AJ boş geologi Erkin Jörayev kömirlar sifatli bölsa, nega joylarga yetkazilganda sifati özgarib qolayotganiga izoh berdi.
“Angren kömir koniga tegişli bölgan qönğir kömiri qattiqlik darajasi böyiça 4-şkalada, bu judayam yumşoq. Kömir sifatiga ta'sir qiluvçi omillaridan birinçisi bu – quyoş hamda qor, yomğirning ta'siri va bugungi kunda kömirni saqlaş tartibi bölyapti. Biz kömir konidan yuklangan mahsulotni kömir jamlanmasiga eltamiz, u yerdan laboratoriyadan ötkaziladi va şu tariqa har bir vagondagi mahsulotga sifat guvohnomasi beriladi. Sifat guvohnomasida kömirning markazi, ölçami, namligi hamda koloriyasi töğrisidagi ma'lumotlar taqdim qilinadi. Hamda bizdan joylarga öşa marka, öşa sifatdagi kömir çiqib ketadi.
Kömirning sifati yaxşi. Sifatsiz deyilayotgan kömir bu — maydalangan kömir. Uni laboratoriyada tekşirsangiz sifatli bölib çiqadi. Kömir iste'molçining qöliga yetib borguniça bir neça bosqiçdan ötgani bois maydalanib ketyapti va sifatsiz körinişga kelyapti.
Aslida bizdan, “Özbekkömir” AJdan, Angren kömir konidan çiqayotgan kömir mahsuloti GOST talablariga javob beryapti”, - deya Erkin Jörayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U masalaning yeçimi haqida ham gapirdi.
“Birdan-bir yöli — joylarga yetkazilgan kömirdan sifatli briket işlab çiqarilib, yetkazilsa maqsadga muvofiq böladi”, - dedi “Özbekkömir” AJ boş geologi.
















