Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining nutqini töliq keltirdi.
«Şimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinçi xalqaro forumining barça iştirokçilarini qutlaş menga ulkan mamnuniyat bağişlaydi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In Janobi Oliylariga koronavirus oqibatlarini birgalikda yengib ötiş va şerikligimizni kengaytiriş masalalariga bağişlangan uşbu muhim tadbirda iştirok etiş taklifi uçun minnatdorlik bildiraman.
Jahondagi muşkul vaziyat va global inqiroz şaroitida aynan şunday köp tomonlama muloqot yangi xatar va tahdidlarga samarali qarşi turiş uçun imkoniyat yaratib, mamlakatlarimiz barqarorligi, farovonligi va izçil taraqqiyotini ta'minlaşga xizmat qiladi», degan Özbekiston prezidenti.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Koreya Respublikasi prezidentining keng Yevroosiyo makonida xavfsizlikni ta'minlaş va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan «Yangi şimoliy siyosati»ni yuksak baholaşini qayd etib ötgan va mintaqaviy siyosatning eng muhim jihatlari va hamkorlik istiqbollariga qisqaça töxtalib ötgan.
«Birinçidan. Covid-19’ning global miqyosda tarqalişi mintaqa davlatlari örtasida yaqin muvofiqlaşuv va keng xalqaro hamkorlik bölişi zarurligini körsatdi.
Koreyalik va boşqa şeriklarimizni Özbekistonda uşbu kasallikka qarşi kuraşişda körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildiraman.
Birgalikdagi işlarni quyidagi yönalişlarda davom ettirişni taklif etaman:
- Koreya kompaniyalari bilan birgalikda taşkil etilayotgan farmatsevtika klasteri negizida samarali vaksina va zardoblar, kasalliklarni tez va aniq taşxislaş tizimlarini işlab çiqiş;
- zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiş va çegaralarimizdagi sanitariya nazorati punktlarini modernizatsiya qiliş;
- Koreya Respublikasining yetakçi oliy ta'lim muassasalari iştirokida epidemiolog va virusolog vraçlarni tayyorlaş;
- tibbiy çiqindilarni utilizatsiya qiliş korxonalarini taşkil etiş;
- mintaqada epidemiologik vaziyatni monitoring qiliş va barvaqt prognozlaştirişning integratsiyalaşgan tizimini joriy etiş.
Ikkinçidan. Biz Koreya Respublikasini mamlakatimizga raqamli va «yaşil» texnologiyalarni keltirişda asosiy hamkorlardan biri deb bilamiz.











