Ukraina davlat tergov byurosi bir guruh şaxslar tomonidan yer uçastkasini özboşimçalik bilan egallab oliş va mamlakat konstitutsion sudi rahbari Aleksandr Tupitskiyning davlatga xiyonati böyiça sudga qadar suriştiruv boşladi. Bu haqda tergov byurosi direktori vazifasini bajaruvçi Aleksey Suxaçov ma'lum qildi.
"Dastlabki ma'lumotga köra, konstitutsion sud rahbari 2018 yil iyulda bir guruh şaxslar tarkibida Ukraina qonunçiligi böyiça belgilangan tartibda öziga ajratilmagan yer uçastkasini özboşimçalik bilan egallab olgan va uşbu yer uçastkasini Rossiya yurisdiksiyasi ostiga ötişiga imkon beradigan şartnoma tuzgan", - deyiladi davlat tergov byurosi xabarida.
Qayd etilişiça, şu tarzda konstitutsion sud rahbari Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat va iqtisodiy xavfsizligiga zarar yetkazadigan harakatni sodir etgan. Ukraina Jinoyat kodeksi moddalariga köra, yer uçastkasini özboşimçalik bilan egallab oliş, davlatga xiyonat uçun 12 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi belgilangan.
Avvalroq Ukraina konstitutsion sudi rahbari prezident Zelenskiyning Konstitutsion sud tarkibi vakolatlarini bekor qiliş töğrisidagi qonun loyihasini konstitutsion töntariş alomatlariga ega deb baholagandi.












