Jonsonning ta'kidlaşiça, u 2 noyabrda bu rejani hukumat bilan muhokama qiladi, 4 noyabrda u böyiça parlamentda ovoz beriş bölib ötadi, 5 noyabrdan esa mamlakatda özini yakkalaş rejimi boşlanadi.

Rejaga köra, 5 noyabrdan Angliya aholisi uyda qolişi lozim. Uyni iş va öqiş, şifokor huzuriga, dökonga boriş yoki yaqinlariga yordam beriş uçungina tark etişga ruxsat beriladi. Bundan taşqari, oçiq havoda sport bilan şuğullaniş va sayr qiliş mumkin böladi. Maktablar, kollej va universitetlar faoliyatini davom ettiraveradi. 

Bar, pab va restoranlar yopiladi. Umumiy ovqatlaniş şoxobçalari faqat buyurtmaning özi bilan olib ketilişiga işlaydi. Oziq-ovqat dökonlaridan taşqari boşqa dökonlar, sartaroşxonalar, gözallik salonlari, sportzallar, hordiq çiqariş va köngiloçar maskanlar işini töxtatadi.

Xorijga iş yuzasidan safarlardan boşqa safarlarni amalga oşiriş vaqtinça taqiqlanadi.

Boş vazir uşbu çeklovlar kiçik va örta biznesga qattiq zarba berişini tan olgan va tadbirkorlarga kömak körsatilişiga va'da bergan.

Jonson, şuningdek, pandemiya sababli britaniyaliklar Rojdestvo bayramini odatdagidek nişonlay olmasliklari mumkinligini aytgan. 

Bu çeklovlar faqat Angliyaga taalluqli böladi. Britaniyaning qolgan hududlari koronavirusga qarşi qanday çoralar kiritilişini özi belgilaydi.

Britaniyada sönggi sutkada yangi kasallaniş holatlari 21 mingdan köproqni, ölim holatlari 326tani taşkil qildi. Mamlakatda pandemiya boşidan beri kasallanganlar soni bir milliondan oşdi, ulardan 46,5 mingdan köproği infeksiyadan vafot etgan.