17:18 / 01.11.2020
12642

Minskka pulemyotlar bilan qurollangan zirhli texnika kiritilgani ma'lum qilindi 

Foto: KUN.UZ

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning navbatdagi norozilik namoyishlari o‘tkazilishi oldidan namoyishchilarga aytgan keskin so‘zlari ortida Minskda pulemyotlar bilan qurollangan zirhli vezdexodlar paydo bo‘ldi

Guvohlarning ma'lum qilishicha, 1 noyabr ertalab Belarus poytaxti markaziga zirhli texnika kiritilgan. Biroq bu safar gap namoyishlar vaqtida odatdagidek Lukashenko qarorgohini himoyalovchi 10 ta BTR haqida bormayapti. Shahardagi “G‘oliblar” ko‘chasida tomida yirik kalibrli pulemyotlar o‘rnatilgan bir nechta zirhli vezdexodlarni ko‘rishgan. Vezdexodlar raqamsiz bo‘lgan. 

Avvalroq Lukashenko ruxsat berilmagan namoyishlar ishtirokchilariga nisbatan bir qator keskin bayonotlar bilan chiqqandi va ularning harakatlariga nisbatan kuch tuzilmalarining javobi qat'iy bo‘lishidan ogohlantirgan.  

Lukashenko mamlakatda yuz berayotgan voqealarni isyon deb atagan va kuch tuzilmalari xodimlarini bo‘shashmaslikka chaqirgan. 

Mavzuga oid
Top