Moldovada 1 noyabrda prezident saylovlari ötmoqda. Uşbu lavozimga 8 nomzod, jumladan amaldagi prezident Igor Dodon kuraş olib boradi. Sörovnomalarning körsatişiça, saylovlarning favoriti Dodon hisoblanadi va unga “Harakat va birdamlik partiyasi” yetakçisi Mayya Sandu haqiqiy raqobatni taşkil qilişi mumkin.

Ovoz beriş byulletenlariga Dodondan taşqari, “Bizning partiya” yetakçisi, Moldovaning yirikligi böyiça 2-raqamli şahri – Belsi meri Renato Usatiy, muxolif “Qadr-qimmat va haqiqat” platformasi” yetakçisi Andrey Nestase, Moldova Liberal-demokratik partiyasi vakili Tudor Deliu, “Şor” partiyasi vakili Violetta Ivanov, Moldovaning Ruminiya tarkibiga kirişini qöllab-quvvatlovçi nomzodlar – “Milliy birdamlik partiyasi” raisi Oktavian Tsiku va Liberal partiya yetakçisi, poytaxt Kişinyovning sobiq meri Dorin Kirtoake kiritilgan.  

Saylov uçastkalari soat 7dan oçilib, soat 21gaça işlaydi. Agar nomzodlardan birortasi saylovlarda iştirok etgan ovoz beruvçilarning 50 foizdan köproğining ovozini töplay olmasa, 15 noyabrda ikkinçi tur bölib ötadi. Saylovlar ularda ovoz beriş huquqiga ega bölgan 3,2 mln saylovçining uçdan ikki qismi iştirok etsa, bölib ötgan deb tan olinadi.

Saylovlarning keçişini 2 mingdan köproq mahalliy va xalqaro kuzatuvçilar, jumladan YeXHT, Yevropa ittifoqi, MDH va turli xalqaro taşkilotlar vakillari nazorat qiladi. 

Saylovlarning ötkazilişiga pandemiya öz ta'sirini ötkazmay qöymadi. Saylov uçastkalarida saylovçilarga himoya niqoblari, dezinfeksiya vositalari, qölqoplar beriladi, pollarda ijtimoiy masofani saqlaş uçun maxsus çiziqlar tortilgan. Respirator kasallik alomatlariga ega saylovçilar uylariga ariza böyiça ovoz beriş urnalari yetkaziladi.

Ta'kidlab ötiş joiz, Moldovada uzoq davom etayotgan siyosiy va iqtisodiy inqiroz prezident saylovlari ötişi bilan hal bölişi dargumon. Moldova parlament respublikasi bölib, prezident imkoniyatlari çeklangan. 

Amaldagi prezident Igor Dodonning fikriça, prezidentga bir qator qöşimça vakolatlar berilişi davlat boşqaruvini yaxşilaşga va mamlakatni inqirozdan olib çiqişga yordam beradi. Uning ta'kidlaşiça, buning uçun puxta öylangan konstitutsiyaviy islohot zarur.

Moldovada prezident 4 yilga saylanadi. Amaldagi prezident Dodon ikkinçi muddatga öz nomzodini qöygan.