Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus koronavirusga çalingan odam bilan aloqada bölgani ma'lum bölgandan keyin karantinga ketdi. 

“Aniqlanişiça, men koronavirusga tahlili musbat çiqqan odam bilan aloqada bölganman. Özimni yaxşi his qilmoqdaman, menda heç qanday simptomlar yöq. Biroq JSST bayonnomalariga muvofiq, bir neça kun özimni yakkalayman va uydan işlayman”, deb yozgan JSST rahbari tvitterda.

Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, barça odamlar soğliqni saqlaş böyiça tavsiyalarga amal qilişi muhimdir.

“Aynan şu yöl bilan koronavirus tarqalişi zanjirini uza olamiz, virusni yengamiz va soğliqni saqlaş tizimini himoya qilamiz”, deb aytgan JSST rahbari.