Joriy yilning 3 noyabridan 7 noyabriga qadar Toşkent şahrida eng kuçli sportçilar iştirokida badminton böyiça erkaklar va ayollar örtasida şaxsiy va jamoaviy Özbekiston kubogi musobaqalari bölib ötmoqda.
Uşbu musobaqada respublikaning 10ta hududidan (hududiy bosqiç ğoliblari) jami 85 nafar sportçi ğoliblik uçun bahsga kirişgan. Sportçilarning 49 nafari erkaklar, 36 nafari esa ayollarni taşkil qiladi.
Musobaqa jamoaviy hisobda ötkazilmoqda, bunda har bir jamoa bir-biri bilan davriy tizimda kuç sinaşadi, söngra şaxsiy birinçiliklarga start beriladi.
Tadbirni federatsiya raisi Aziz Abduhakimov oçib berdi.

“Badminton sportiga şu kungaça e'tibor berilmay kelinayotgan edi. U, aslida, xalq orasida keng tarqalgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Badmintonni dunyoda futboldan keyingi örinda turuvçi ommaviy sport turlari qatoriga qöşiş mumkin. Şuningdek, badminton Prezidentimiz farmonidagi 7ta sport turidan biri sifatida belgilandi. Musobaqada iştirok etayotganlar, uşbu sport turini ommalaştirişda yordam berişi lozim. Biz birgalikda uşbu sport turini respublikamizdagi ommaviy sportlardan biriga aylantirişimiz kerak. Men sizlarni bugungi musobaqa boşlangani bilan muborakbod etaman va barçangizga omad tilayman”, - dedi A. Abduhakimov.
Oçiliş marosimidan söng jismoniy tarbiya va sport vaziri örinbosari Avaz Karimov ham uşbu musobaqa haqida öz fikrlarini bildirdi.

“Yaqinda prezidentimizning soğlom turmuş va ommaviy sportga oid yangi farmonlari çiqdi. Uşbu farmonda yettida ustuvor sport turlari tanlab olingan. Bu sport turlari orasida esa badminton ham mavjud. Badminton sport turi yoş va joy tanlamaydigan sport turi hisoblanadi. Badminton ommaviy sportlar içida dunyo böylab köpçilikni qamrab olgan. Özbekistonda ham uşbu sport turi öz faoliyatini boşlaganiga ön yil böldi. Şu yil davomida barça viloyatlarda uşbu sport federatsiyalari (filiallari) taşkil etildi. Şuningdek, Buxoro, Samarqand va Navoiyda mazkur sport turiga möljallangan majmualar quriş rejalaştirilmoqda. Samarqanddagi majmua qurilib bitganidan söng u yerda mamlakat va Osiyo çempionatlarini taşkil etmoqçimiz”, - dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri örinbosari Avaz Karimov.

Özbekiston kubogi ğoliblari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Özbekiston Badminton federatsiyasi tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovğalar, şuningdek, sovrinli örinlarni qölga kiritgan jamoalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining kubogi bilan taqdirlanadi.
Uşbu musobaqa har yili muntazam ravişda ötkazib kelinadi. Tegişli toifa talablariga javob bergan ğolib va sovrindorlarga sport unvonlari berilib, badminton milliy terma jamoasiga qabul qilinadi.
Eslatib ötamiz, 27 oktabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Badminton federatsiyasi yangi markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda taniqli sportçilar, hukumat vakillari va jurnalistlar iştirok etdi.











