IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u fuqarolar, 33 yoşli Ş.N., 27 yoşli T.A., 21 yoşli Ş.N., 29 yoşli Y.Yo., 36 yoşli X.A., 41 yoşli Ş.M., 44 yoşli I.M., 26 yoşli M.N., 30 yoşli M.N., 32 yoşli A.Ğ., 30 yoşli Ş.I., 28 yoşli L.A., 25 yoşli D.R.ga qimor tavakkalçilikka asoslangan kartadan «suvara» öyinini öynaşiga şaroit yaratib bergan. 

Qayd etilişiça, J.P. har bir öyinda ğalaba qozongan şaxslardan 5 000 sömdan 10 000 sömgaça bölgan miqdordagi pul mablağlarini olib, moddiy boylik orttirgan.  

Tergovga qadar tekşiruv jarayonida, 30 yoşli J.P.dan 780 000 söm va 200 AQŞ dollari miqdoridagi naqd pullar, 6 dona oçilmagan karta hamda 2 dona oçilgan karta aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan J.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.      
  
2020 yil 28 oktabr kuni qimor öyinlarida iştirok etgan şaxslarning harakatlarida Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 191-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik alomatlari bölganligi uçun tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, Ma'muriy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi tomonidan ularning har biriga nisbatan 5 sutkadan qamoq jazosi berilgan.   

Dastlabki tergov jarayonida, J.P. jinoyat işi böyiça Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan hamda unga nisbatan “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.