Uşbu holatni yon-atrofda transport vositasini boşqarib kelayotgan haydovçilar körib qolgan va suratga olgan. Voqeaga guvoh bölganlardan biri telefon kamerasiga tasvirga olingan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ekologuz xabariga köra, tarmoq kuzatuvçisi bölgan ayol bu videoni “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qiliş jamiyati nodavlat taşkilotiga yuborgan.

NNT bu ayançli holat böyiça suriştiruv olib borişni sörab, Toşkent şahar IIBBga murojaat qildi. Şu tariqa IIBB xodimlari ham bu holatga e'tibor qaratişdi.

Jonivorlarga nisbatan johillik bilan munosabatda böliş holatlarida aybdorlar Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Amaldagi Yöl harakati qoidalarida ham bunga nisbatan muayyan javobgarlik belgilangan.

Hozirda jonivorga azob bergan haydovçining şaxsi aniqlangan, suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.