KXDR hukumati koronavirus yuqtirgan odamlar mamlakatga noqonuniy tarzda kirib kelişining oldini oliş uçun Xitoy bilan çegarasini minalaştiriş topşiriğini berdi. Janubiy Koreya razvedkasi vakillari ana şunday fikrda, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
"KXDR çegaralarini yopdi va Xitoy bilan ayrim çegara kesimlarida minalar örnatdi. Çunki u joylarda koronavirusga qarşi kuraşiş uçun jismoniy yoki texnik imkoniyatlar mavjud emas", - dedi razvedka böyiça parlament qömitasiga kiruvçi deputatlardan biri.
Razvedkaning fikriça, KXDRda pandemiya tarqalişi tibbiyotning zaifligi tufayli "dahşatli oqibatlarga" olib kelişi mumkin.
Janubiy Koreya razvedkasi Koreya Mehnat partiyasining fevraldagi yiğilişidan söng tayyorlangan hujjatlaridan biri töğrisida ma'lumot bergan. Hujjatga köra, KXDRda koronavirus tarqalişi natijasida 500 ming nafargaça inson halok bölişi mumkin.












