Kun.uz muxbiri mazkur video yuzasidan aniqlik kiritiş maqsadida OKMK axborot xizmati bilan boğlandi. Berilgan rasmiy munosabatga köra, bugun «Metallurg» madaniyat saroyi hududida Olmaliq şahri hokimligi tomonidan şahardagi korxona va taşkilotlar iştirokida «Böş iş örinlari Mehnat yarmarkasi» taşkil etilgan. Şuningdek, aholi bandligini ta'minlaş maqsadida taşkil etilayotgan mazkur tadbirda Olmaliq şahar sektor rahbarlarining sayyor qabuli ham ötkazilişi rejalaştirilgan. Lekin qabulda aholi soni va murojaatlar köpligi inobatga olinib, karantin qoidalariga rioya qilingan holda hozirda uşbu mehnat yarmarkasi şahar korxona-taşkilotlari va tijorat banklari iştirokida «Yoşlar boği»ga köçirilgan.
Aytiş mumkinki, videoda aks etgan holat yuzasidan aniq bir ma'lumot berilmadi.
Ma'lumot uçun qayd etiş joizki, 2019 yilda kombinatga 2 500 nafardan ortiq fuqaro işga qabul qilingan bölib, ularning 1 805 nafarini yoşlar taşkil etadi (şundan 321 nafari qizlar). Şu jumladan, 660 nafari aholi bandligiga kömaklaşiş markazi kvota yöllanmasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kiruvçi şaxslardir. Joriy yil boşidan bugungi kunga qadar 787 kişi işga qabul qilingan bölib, ularning 738 nafarini yoşlar taşkil etadi (şundan 158 nafari qizlar).
Şuningdek, joriy yilning 31 oktabr kuni «Metallurg» madaniyat saroyida yoşlar bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng 142 kişi kombinatga işga qabul qilingan. Ma'lumki, OKMK AJda yirik investitsiya loyihalari jadallik bilan amalga oşirilmoqda. «Yoşlik-1» konini özlaştiriş loyihasi doirasida yangi obektlar, xususan, 3-MBF qurilişi munosabati bilan kombinatda 10 mingta iş örni bosqiçma-bosqiç oçiladi.
Bugungi mehnat yarmarkasida yoşlarning murojaatlari örganilib, kelgusida kombinatda oçilişi rejalaştirilgan yangi iş örinlariga qabul masalalari körib çiqilmoqda.












