Xitoy hukumati 6 noyabrdan Avstraliyadan kamida 7ta turdagi tovarlarni, jumladan, kömir, mis, yoğoç, arpa, şakar, vino va lbsterlar sotib olişni töxtatmoqda. Tahlilçilarning fikriça, Xitoy şu tariqa Avstraliyani jazolaşga qaror qilgan.

Şu bilan birga, Xitoy Avstraliyadan import qiluvçi xomaşyolar orasida özi uçun eng muhim bölgan xomaşyo - temir rudasiga çeklovlar kiritmagan. 

Xaridlarni töxtatiş haqidagi körsatma yirik treyderlarga oğzaki ravişda berilgan. Ta'kidlanişiça, bu Xitoy va Avstraliya örtasida 2018 yilda boşlangan qarama-qarşilikdagi navbatdagi qadam hisoblanadi. Öşanda Avstraliya xavfsizlik nuqtai nazaridan öz hududida Huawei kompaniyasiga 5G tarmoqlarini örnatişga ruxsat bermagan. Bundan taşqari, Avstraliya hukumati koronavirus kelib çiqişi borasida xalqaro tergov ötkazişga va uni tarqatişda aybdorni topişga çaqirgandan keyin ikki davlat örtasidagi ziddiyat yanada keskinlaşgan.

Xitoy Avstraliya eksporti uçun eng yirik bozor hisoblanadi. 2019 yilda Xitoy Avstraliyadan 104 mlrd dollarlik xomaşyo va tovarlar sotib olgan. Avstraliya Xitoyga unga zarur bölgan temir rudaning 60 foizini, kokslanadigan kömirning 60 foizini, suyultirilgan tabiiy gazning 50 foizdan köproğini, misning 5 foizini (1,05 mln tonna) yetkazadi. Avstraliya, şuningdek, Xitoyga vinoning eng yirik eksportçisi hisoblanadi. Bundan taşqari, Xitoy Avstraliyadan har yil 170 ming tonna şakar xarid qiladi.            

Avvalroq Xitoy hukumati sanitar me'yorlarga töğri kelmasligi vaji ostida Avstraliyadan mol göşti va arpaning bir qismi importini töxtatgandi. 

Sidneydagi Lowy Institute tahliliy markazi xodimi Riçard Makgregor Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyuda “Xitoy şu yöl bilan Avstraliyani jazolaşga va buni qolganlarga örnak qilib körsatişga qat'iyan qaror qilgan”, deb aytgan. “Ular [Xitoy] siyosiy ziddiyatlar öz bahosiga ega ekanini körsatib qöyişmoqçi”, deb qöşimça qilgan tahlilçi.