Haddersfild universiteti (Angliya) va Minyu universiteti (Portugaliya) genetiklari koronavirus pandemiyasining boş manbasi Xitoy emas, Yevropa ekanini aytişmoqda. Ular bunday xulosaga koronavirusning dunyo böylab tarqalişi xaritasini tuziş orqali kelişgan. 

Olimlarning aytişiça, virus haqiqatan ham Xitoyda paydo bölgan, biroq u Amerika va dunyoning boşqa burçaklariga töğri Xitoydan emas, balki Yevropa orqali tarqalgan. Koronavirus avj olgandan keyin harakatlanişga nisbatan kiritilgan çeklovlar esa sezilarsiz bölgan va keç kiritilgan.

Tadqiqot rahbari, klinik genetik Tereza Ritoning tuşuntirişiça, u hamkasblari bilan 26,8 ming virus genomidan foydalanib, koronavirus mutatsiyasi bilan boğliq 20,2 ming hodisani özaro taqqoslagan. 

“Olingan natijalar virus Xitoyda paydo bölganini, uning dastlabki versiyasi 2020 yil yanvar oyi davomida tarqalganini körsatdi. Biroq virus Yevropaga tuşgaç, sezilarli özgarişlarga uçragan va aynan şu mutatsiya dunyoning turli burçaklarida aniqlangan aksariyat kasallaniş holatlariga sabab bölgan. U hattoki Şarqiy Osiyoga qaytib kelgan”, – deb aytgan Rito. 

Olimlarning fikriça, mart oyining ikkinçi yarmida Xitoy bilan transport aloqasiga kiritilgan taqiqlov virus tarqalişi sur'atlarini pasaytirişga yordam bergan. Biroq, umuman olganda, uşbu çoralar samarasi past bölgan, çunki Yevropa va Şimoliy Amerika örtasidagi hamda Yevropa içidagi harakatlaniş aprelda davom etgan.