BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonda sovitish va havoni shamollatish texnologiyalarini almashtirish loyihalariga tanlov e'lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Global ekologiya jamg‘armasi (GEJ) «O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali Gidroxlorftoruglerod (GXFU)ni butunlay iste'moldan chiqarish» qo‘shma loyihasi tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda O‘zbekiston hududidagi GXFU (R22 va boshqalar)da ishlaydigan sovitish va havoni shamollatish texnologiyalarini – global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalar bilan almashtirish bo‘yicha – ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirishda texnik ko‘maklashish (grant) olish uchun ishtirok etish mumkin.
Tanlov nominatsiyalari:
Tanlovda markaziy havo sovitish tizimlarida (ma'muriy va jamoat binolari, shifoxonalar va hokazo) hamda chakana savdo, turli xil mahsulotlarni saqlash sohasi – sovitish kameralar, savdo sovitgich uskunalari va boshqalarda tabiiy sovitgichlardan foydalangan holda muqobil va energiya samarador texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyiha takliflari ko‘rib chiqiladi.
Tanlovning ishtirokchilari:
- havoni shamollatish uskunalari (konditsionerlar, sovitgichlar va boshqa shu kabi texnikalari) bor bo‘lgan;
- turli xil mahsulotlarni saqlash bilan shug‘ullanadigan yoki chakana savdo sohasiga sovitish xonalari, savdo uskunalari jalb qilingan;
- uskunalarida sovitgich sifatida GXFU (R22 va boshqalar) dan foydalanadigan;
- eski uskunani yangisiga almashtirishni rejalashtirgan.
- sovitish va havoni shamollatish sohasidagi davlat va xususiy korxonalar (ta'sischilar, menejyerlar va texnik xodimlar) bo‘lishi mumkin.
Loyiha takliflari arizalarini qabul qilish muddati:
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda – barcha manfaatdor tashkilotlar (davlat va xususiy korxonalar) loyiha takliflari arizalarini quyidagi aloqa ma'lumotlari bo‘yicha 2020 yil, 30 noyabr, soat 18:00 gacha yuborishlari mumkin.
To‘liq to‘ldirilmagan, shuningdek arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng taqdim etilgan loyiha takliflari tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilarga esa ikkinchi bosqich haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Ariza shaklini olish uchun www.o3.uz havolasiga o‘ting.
Shuningdek tanlovda ishtirok etishning barcha savollari bo‘yicha qo‘yidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Ko‘rgazma loyiha takliflari arizasini elektron shaklda (imzo chekilgan va skan qilingan PDF fayl shaklida) quyidagi elektron manzilga jo‘natish kerak:
- E-mail: elmurod.nazarov@undp.org
- Telefon: +99899 838-64-93
- Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Bunyodkor 7A
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:16 / 19.08.2024
Issiqlik nasoslari – yozda ham, qishda ham kamxarajat, xavfsiz va samarali yechim
15:51 / 03.08.2024
Issiq suvdan xarajatsiz foydalanish mumkinmi? Quyosh suv isitkichlari haqida
18:32 / 30.07.2024
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili tayinlandi
17:50 / 10.06.2024