“Kambağallikka qarşi kuraşişda kambağallikka tuşgan odamga iş va daromad beriş orqali uni kambağallikdan çiqariş haqida gapirmayapmiz. Bu yerda davlatimiz rahbari tomonidan qöyilgan asosiy maqsad – kompleks ravişda kambağallikka qarşi kuraşiş. Kompleks ravişda kuraş yuz bermas ekan, öşa odamni yana kambağallik qopqoniga qaytib kelişiga sababçi bölib qolasiz.
Masalan, faqat iş berilsa, lekin soğliqni saqlaş, ta'lim, uydagi holat, urbanizatsiya bilan boğliq bölgan masalalar hal qilinmasa, odamlarni kambağallikdan olib çiqib ketiş juda qiyin böladi. Şuning uçun bu yerda faqat işsizlik emas, balki hamma narsa inobatga olinadi”, - deya Obid Hakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori kambağallikni örganişda aynan Böka va Çinoz tumanlari sinov tariqasida tanlab olingani sabablari haqida ham gapirdi.
“Bittasi [Çinoz] örtaholroq tuman, yana bittasi [Böka] davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan tuman bölgani uçun öşa yerda özimizning pilot loyihalarimizni boşladik. Bu loyiha doirasida hozir 1100dan ortiq “Temir daftar”ga kiritilgan xonadonlarga kirib, ularning holati örganib çiqildi. U yerda faqat uyning holati emas, balki soğliqni saqlaş, bolalarning öqişi, rivojlanişi, uydagi sanitariya holati, tomorqa uçastkalaridan samarali foydalaniş kabi jihatlar örganildi. Bu öttiz varaqdan ortiq sörovnoma va u yerda turli ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlar bor. Dastlabki tahlillarni boşladik”, - dedi Obid Hakimov.
Avvalroq, kambağallik ölçovlari töğrisida ma'lumot berilgandi.












