Unda söz olgan Obid Hakimov kambağallikning ölçovlari haqida gapirdi.
“Kambağallikni ölçaş deganda bir narsani aytiş kerakki, kambağallikning ta'rifiga qarab uning ölçovi ham özgaradi. Qanday ta'rif bölsa, uning ölçovi ham özgaradi. Masalan, qaysidir ta'rifda kambağallik 5 foiz bölsa, boşqa ta'rifga asosan kambağallik 10 foiz bölişi mumkin. Mamlakatning u yoki bu holatidan, ijtimoiy, iqtisodiy odatlaridan kelib çiqqan holda har xil ölçovlar böladi.
Şuning uçun kambağallik ölçovi ikki turga bölinadi: global kambağallik ölçovlari va milliy kambağallik ölçovlari. Global kambağallik ölçovlarini öz mandatiga köra Jahon banki belgilaydi. Jahon banki past örta daromadli mamlakatlar daromadi ösişidan kelib çiqqan holda global kambağallik çegarasini 3,2 AQŞ dollari miqdorida belgilagan. Agar mamlakat yuqori örta daromadli mamlakatlar qatoriga kiradigan bölsa, u mamlakat kambağallik çegarasini 5,5 AQŞ dollari miqdorida belgilagan.
Dollar nominal kurs böyiça ötkazilganida 30 ming sömdan oşiqroq pul böladi-ku, degan fikrlar böldi. Jahon banki tomonidan dunyo böyiça har bir mamlakat pulining tölov qobiliyati, öşa mamlakatlarda yaratilayotgan tovar, xizmatlarning boşqa mamlakatlarga soliştiriş uçun dastur işlab çiqilgan. Bu dasturga asosan mamlakatlardagi holatga baho beriladi”, - deya Obid Hakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori 3,2 dollar qanday qilib 5600 sömga ötkazilgani haqida ham izoh berdi.
“3,2 dollar qanday qilib 5600 sömga ötkazildi degan gapga keladigan bölsak, öşa yerda tölov qobiliyati pariteti böyiça deb aniq qilib aytdik. Tölov qobiliyati pariteti böyiça 3,2 dollar qiymatdagi mahsulotlar, masalan AQŞda bu qiymatga nima mahsulotlar ola olasiz, şu pulning qança kuçi bor? Şu mahsulotlarni Özbekistonda qançaga olsa böladi? Mana şu paritet koeffitsiyenti böyiça hisoblanadi. U nominal böyiça hisoblanmaydi.
Masalan, Amerikada bir dona nonni 2 dollarga oladigan bölsangiz, Özbekistonda bir dona non 20 sent böladi. Ön barobar farqi bor. Bu koeffitsiyent bitta non, benzin yoki boşqa narsaga emas, bir neçta, mingdan ortiq mahsulotlar orqali hisoblab çiqiladi. Bundan taşqari, 2020 yilda ham Jahon banki bilan birgalikda 2011 yildan beri tölov qobiliyati pariteti böyiça bölgan summani hisoblab çiqqanimizda ham bu summa çiqqan.
5600 söm deganim, bu summa ayrim koeffitsiyentlar böyiça 6 ming, 5,5 ming, 6,5 ming atrofida turadi. Unçalik ham katta farq qilmaydi. Bir narsani aytib ötişim kerak: bu global kambağallik körsatkiçi. Buni Özbekistonda amal qiladi, deb heç kim aytgani yöq, heç kim aytmaydi ham. Şuning uçun bizning asosiy maqsadimiz – Özbekistondagi milliy kambağallik çegarasini işlab çiqiş. Uni işlab çiqiş uçun hozir tadqiqotlar olib borilmoqda. Keça aytilgan narsa Özbekistonda şunday ekan, degan narsa emas. Bu kambağallikni ölçaş böyiça ölçov sifatida aytildi”, - dedi Obid Hakimov.












