Birinçidan, qurilma nomida kompaniyaning barça smartfonlari, aqlli soatlari va boşqa qurilmalari uçun xos bölgan Galaxy sözi yöq: u Samsung W21 5G deb ataladi. Ikkinçidan, SIM-kartalar uçun ikkita alohida slotga ega.

Yangi qurilma Galaxy Z Fold2’dan böyiga biroz uzunroq çiqqan. 

Foto: Samsung

Smartfonning buklanuvçi displeyi Dynamic AMOLED 2X’ning ölçami 7,6 dyuymni taşkil qilib, u içkariga buklanadi. Taşqi Super AMOLED ekranining ölçami esa 6,23-dyuymga teng. Smartfon Snapdragon 856+ protsessori, 12 Gb tezkor va 512 Gb doimiy xotira, simli tez (25 Vt) va simsiz (11 Vt) quvvatlaşni qöllab-quvvatlovçi 4500 mA-soat siğimga ega akkumulyator bilan jihozlangan.

Foto: Samsung

Xitoyda qurilmaning narxi 19999 yuanni (3 ming dollar) taşkil qiladi va 20 noyabrdan sotuvga çiqariladi.