Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada parranda grippi tarqalishi qayd etildi
Yaponiyaning Kagava prefekturasida joylashgan Mitoyo shahrida parranda grippi tarqalishi qayd etildi. Shu sababli mahalliy parrandachilik fabrikalaridan birida 330 ming tovuq yo‘q qilinadigan bo‘ldi.
Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga mas'ul vazirlarga parranda go‘shti sotuvchilarini maksimal ogoh bo‘lishga chaqirishni, virus tarqalishi joyida ma'lumotlar to‘plashni hamda epidemiyaning oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rishni buyurgan.
Kagavada yaqin orada parranda grippi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha shtab ochiladi. Shuningdek, mahalliy parrandachilik fabrikasida 330 mingga yaqin tovuq yo‘q qilinadi. Hukumat mudofaa kuchlaridan tovuqlarni yo‘q qilish uchun guruh jo‘natishni iltimos qilgan.
Shuningdek, fabrika atrofida 10 kmlik karantin hududi tashkil etilgan. Hukumat ushbu hududdan tovuq va tuxum olib chiqilishini taqiqlagan. Parranda grippi aniqlangan joyda 10 kun davomida dezinfeksiyalash ishlari olib boriladi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026