Belarus Tergov qömitasi ma'lumotiga köra, ular «Ommaviy tartibsizliklarni taşkillaştiriş», «Jamoat tartibini qöpol ravişda buzadigan guruh harakatlarini taşkil etiş» va «Kasbiy mansubligi asosida ijtimoiy adovatni qözğatişga qaratilgan qasddan qilingan xatti-harakatlar» moddalari asosida gumonlanmoqda.

NEXTA – Belarusda oppozitsion ruhda ekani bilan maşhur bölgan Telegram-kanali hisoblandi. U prezident saylovlaridan söng boşlangan norozilik namoyişlarini faol ravişda yoritib bormoqda va fuqarolarni namoyişlarga çaqirmoqda.

Polyak OAV xabarlariga köra, kanal asosçisi Stepan Putilo bir neça yil oldin Belarusdan Polşaga köçib ötgan.

Putilo Rossiyada ham qidiruvdagi şaxs sifatida Içki işlar vazirligining ma'lumotlar bazasiga kiritilgan.