Pandemiya şaroitida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining oqilona boşqaruvi bois 2020 yilning yanvar-oktabr holatiga barça işlab çiqariş körsatkiçlari yuksalişi barobarida, mahsulotlar eksporti rejalari bajarilmoqda.

Jumladan, ötgan davrda 86410 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oşirilgan.

Kombinatning asosiy mahsuloti sanalgan mis katodining xaridorlari: Xitoy va Turkiyaga 81041 tonna mis katodi jönatilgan. 

Şuningdek, yildan yilga iste'molçilar e'tirofini qozonayotgan mis quvurlariga ham talab ortib bormoqda. Uşbu mahsulotlar asosiy xaridorlari Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozoğiston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirğiziston va Ukraina davlatlari hisoblanadi. Joriy yilning ötgan 10 oyi davomida xorijlik xaridorlarga 3330 tonna mis quvurlari eksport qilinib, reja 117,7%ga bajarildi.

Yana bir eksport mahsuloti sanalgan sulfat kislotasining asosiy xaridori bölgan qöşni Qozoğiston davlatiga ötgan davrda 39165 tonna sulfat kislotasi yetkazib berildi va reja 130,5%ga uddalandi.

Şuningdek, qöşnilarimizga 79375 tonna qörğoşin mahsulotlari yuborilgan bölib, rejaviy vazifa 128,6%ga bajarilgan.

Qişloq xöjaligi sohasida keng qöllaniluvçi mis kuporosining asosiy xaridorlari bölgan Polşa, Ukraina, Belarus, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Indoneziya davlatlariga ötgan davrda 5601 tonna mis kuporosi eksporti amalga oşirilib, reja 116,7%ga bajarildi.

Molibden metallining asosiy xaridori bölgan Niderlandiyaga uşbu mahsulotdan 550 tonna yetkazib berildi va rejaviy vazifa 109,9%ga bajarilganini alohida ta'kidlaş joiz.

Avval ham ta'kidlanganidek, kombinat mutaxassislari tomonidan noyob va nodir metallarni oliş böyiça olib borilayotgan izlanişlar özining yuksak samarasini bermoqda. Natijada kombinat tomonidan noyob metallar ham eksport qilinmoqda. 2020 yil yanvar-oktabr holatiga reniy metallining eksport rejasi 401,6%ga, tellur eksporti 176,7%ga, selen eksporti 320%ga bajarilgan.

Kombinat tomonidan işlab çiqarilayotgan portlandsementning asosiy xaridorlari qöşni Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari hisoblanib, ötgan davrda uşbu davlatlarga 7523 tonna portlandsement eksport qilingan.