23 oktabr kuni PSM Auto avtosaloni ko‘rgazma zalida uchinchi marotaba bayramona mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimning o‘ziga xosligi shundaki, biz birdaniga ikkita avtomobilni g‘oliblarga topshirdik. Yoqimli an'anaga muvofiq, shov-shuvli tadbirga xarizmatik Indira Miftaxova boshlovchilik qildi. Jonli efirda mehmonlarning gulduros qarsagi ostida yangi avtomobillarning kalitlari birdaniga ikkita omadli kishiga topshirildi.

Har bir taqdimot marosimi yanada qiziqarli va keng doirada o‘tayotgani, tobora ko‘proq jonli tomoshabinlar va onlayn foydalanuvchilarni jalb qilayotgani odamni xursand qiladi. Shunday qilib, marosim paytida to‘g‘ridan to‘g‘ri tarzda Instagramning jonli efir tomoshabinlari orasida brendning esdalik sovg‘alari o‘ynaldi.

«1,2,3 deganda sovrinlar» aksiyasi 2020 yil 1 fevralda boshlangan va 2021 yil 28 fevralgacha davom etadi. Uning shartlariga ko‘ra, barcha «MacCoffee 3 in 1»ning aksiya qadoqlari (promo-qadoq) ichida noyob kod mavjud. Aynan shuni qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun 3223 qisqa raqamiga yuborish kerak. SMS javobi darhol keladi, shundan so‘ng, g‘olib bo‘lgan taqdirda, ishtirokchi o‘z yutuqlarini qayerda va qachon olishi mumkinligi haqida telefon orqali xabar qilinadi.

Andijonlik Mahmudov Sardorbek aynan mana shu oddiy harakatlarni bajarib, yangi Chevrolet Cobalt avtomobilini yutib oldi.Sardorbek Sirdaryo viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida ishlaydi va u doimo mehr va ehtirom belgisi sifatida otasiga mashina sovg‘a qilishni orzu qilib yurgan.

Bu yil u orzusini Yangi yilda amalga oshirish uchun juda ko‘p harakat qildi. Va, ehtimol, bunday ajoyib imkoniyat bu orzusini ushalishi uchun sabab bo‘lganligi haqiqiy mo‘jizadir

«Men allaqachon Chevrolet Gentra-ni ko‘rib, qarab yurardim va har doim mag‘rurlik bilan otamga kalitlarni topshirgan kunni tasavvur qilib ko‘rardim. Albatta, bu narsa men bilan shunday oddiy tarzda sodir bo‘lishini tasavvur ham qilmaganman. Ehtimol, men mashinani shu qadar kuchli xohlagandirmanki, shuning uchun balki bu qandaydir sehrli tarzda hayotimda sodir bo‘lgan. Men tez-tez MacCoffee ichaman, hattoki bu bizning oilamizning eng sevimli qahvasi, deb aytishim mumkin va men ushbu aksiya g‘olibiga aylanganimni bilganimda, hayajondan uzoq vaqt o‘zimga kela olmadim. Orzular shunchalik tez amalga oshishiga ishonmasdim. Yaxshiyamki, ular menga 4 daqiqada qo‘ng‘iroq qilishdi va xavotirga  vaqt qolmadi. Va nihoyat, men otamga quvonch bilan topshirishim mumkin bo‘lgan yangi ChevroletCobalt meni kutib turardi!