Uşbu bosqiç 2021 yil noyabrida Jidda şahri köçalarida tungi vaqtda ötkaziladi.
“Biz Saudiya Arabistonini “Formula-1”da qarşilaşdan xursandmiz. Saudiya Arabistoni tez sur'atlarda dunyo sporti va köngiloçiş markazlaridan biriga aylanmoqda. Bu yerda oxirgi yillarda köplab yirik tadbirlar ötkazilgan. Keyingi yildan bu yerda “Formula-1” poygalari ötkazilişidan mamnunmiz. Bu mintaqa biz uçun juda muhim. Saudiya Arabistoni aholisining 70 foizini 30 yoşdan kiçiklar taşkil qilişi hisobga olinsa, biz “Formula-1”ga yangi muxlislarni jalb qilişdan, butun dunyodagi tomoşabinlarimizga esa boy tarixga ega joyda ötkaziladigan qiziqarli poygalarni namoyiş qilişdan xursandmiz”, deb ta'kidlab ötgan poygalarning ijroçi direktori Çeyz Keri.
“Formula-1”da Bahrayn va Singapur bosqiçlari ham tungi vaqtda ötkaziladi.
Ayni vaqtda “Formula-1”ning keyingi mavsum uçun poygalar jadvali hali e'lon qilinmagan, biroq poygalar rahbariyati uni yaqin orada e'lon qilişga va'da bergan.












