Norma’ning yozişiça, prezidentning "Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga muvofiq:
“Adolat” huquqiy axborot markazi" davlat muassasasi, "Inson va qonun" gazetasi tahririyati" DUK hamda "Huquq va burç" ijtimoiy-huquqiy jurnali" tahririyatini birlaştiriş yöli bilan ularning negizida vazirlik qoşida davlat muassasasi şaklidagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi taşkil etilgan;
Markaz aholi va ijroçilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda tarğibot materiallarini tayyorlaş va tezkor tarqatiş, şuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e'lon qiliş sohasida respublikaning yetakçi davlat muassasasi hisoblanadi;
“Inson va qonun” gazetasi hamda "Huquq va burç" ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatlari amaldagi xizmat körsatiş sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritadi va öz mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi, uşbu mablağlarning yetişmagan qismi esa Adliya vazirligining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplanadi.
Markazning asosiy vazifalari:
- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasini yuritiş;
- normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur bölgan taqdirda, tegişli axborot-tahliliy materiallarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan röyxat böyiça barça davlat organlariga va taşkilotlarga elektron şaklda yuborilişini ta'minlaş;
- Milliy bazani takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş böyiça manzilli va predmetli huquqiy tarğibot tadbirlarini amalga oşiriş, şuningdek davlat organlari va taşkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarning norma va qoidalarini aholiga tuşuntiriş böyiça namunaviy hujjatlar töplamini tayyorlaş;
- aholining huquq va majburiyatlarini tuşuntirişga yönaltirilgan zarur tarğibot materiallarini tayyorlaş va tarqatiş, şuningdek dolzarb va aholini qiziqtirgan savollar böyiça;
- normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyatini hamda mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng yoritiş böyiça tezkor axborot-tahliliy media materiallarni, şu jumladan, audio- va videoroliklar, ijtimoiy reklamalar, mahalliy hisobotlarni tayyorlaş;











