Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari moliya boş boşqarmalari huzuridagi Avtomobil yöllarini rivojlantiriş maqsadli jamğarmalari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida” hukumat qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Uşbu qaror loyihasiga köra, avtomobilga yonilği va gaz quyiş stansiyalari tomonidan:

  • avtomobil benzini;
  • dizel yoqilğisi;
  • suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste'molçilarga sotişda ulardan yoqilği birligi (litr, m3) uçun 25 sömdan ortiq bölmagan miqdorda mintaqaviy yöllarni rivojlantirişga maxsus yiğim undirilişi belgilanmoqda.

Avtomobilga yonilği va gaz quyiş stansiyalari tomonidan undiriladigan maxsus yiğim Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar moliya boş boşqarmalari huzuridagi avtomobil yöllarini rivojlantiriş hududiy maqsadli jamğarmalariga ötkazib beriladi.

Eslatib ötiş joiz, Özbekistonda transport vositasiga benzin, dizel yoqilğisi va gaz işlatganlik uçun olinadigan soliq 2019 yil 1 yanvargaça ham mavjud bölgan. 2019 yil 1 yanvardan uşbu soliq örniga oxirgi iste'molçiga benzin, dizel yoqilğisi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz soliği joriy etilgan edi va mazkur soliq yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 283-moddasida ham keltirilgan.

Agar loyiha qabul qilinadigan bölsa, avtomobil benzini, dizel yoqilğisi, suyultirilgan va siqilgan gazning oxirgi iste'molçilari uşbu mahsulotlar iste'moli uçun ham aksiz soliği, ham majburiy maxsus yiğim tölaşiga töğri keladi.

Şuningdek, loyihada keltirilgan yana bir nizomda, transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib çiqib, avtotransport vositasiga egalik qiliş uçun mahalliy budjetlarga tölanadigan yillik yiğim joriy etilişi nazarda tutilgan.