“Ayni vaqtdagi eng dolzarb masalaga töxtalsak. Ba'zilar bizdan yangi saylovlarni talab qilişmoqda. Siz bu borada qaror qabul qilişingiz bilan ular ötkazilişini kafolatlayman. Kafolatlayman”, deb aytgan Belarus rahbari.
Lukaşenko ğarb davlatlarining Belarusdagi vaziyatga “qiziqiş bildirayotganlari”ni aytib, ularga “yaxşisi öz içki muammolari bilan şuğullanişni” taklif qilgan.
“Nemislar keçagina bizdagi vaziyatdan qayğurib, parlamentda biz, belaruslar uçun qaror qabul qilişibdi. Siz avval özingizning muammolarni hal qilib oling. Polşadagi muammolarni hal qiling, u sizga yaqinroq. Va eng asosiysi: ular amerikaliklardan yangi saylovlar ötkazilişini talab qilişga jur'at qila oladilarmi? Köraman, nemislar amerikaliklardan yangi saylovlar ötkazilişini talab qilganda nima bölarkin”, deb qöşimça qilgan Lukaşenko.
Belarus prezidenti fuqarolarni mamlakatda yuz berayotgan voqealarni teran tahlil qilişga va şundan kelib çiqib öz fikrlarini şakllantirişga çaqirgan. “Men öz boşingiz bilan öylaşingizni istayman. Öylang va biror-bir nima desangiz, buni asoslab bering. Bilib qöying, siz ketasiz, farzandlaringiz örningizga keladi. Ular öz vatanidan boşqa heç kimga kerak emas. Keling, şu haqida öylaylik”, deb ta'kidlab ötgan Belarus rahbari.
Avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Belarusdagi vaziyat böyiça hisoboti e'lon qilingandi. Unda Belarus rahbariyatiga qoidabuzarliklar aniqlangani uçun avgustda ötgan prezident saylovlarini bekor qiliş va xalqaro standartlar asosida yangi saylovlar ötkaziş tavsiya qilingan.
Belarus prezidenti saylovlari 9 avgustda bölib ötgandi. Ularda amaldagi prezident Lukaşenko 80 foizdan köproq ovoz bilan 6-muddatga qayta saylangandi. Şundan keyin mamlakatda saylovlar natijalariga qarşi va Lukaşenkoning ketişi talabi bilan norozilik namoyişlari boşlangandi.













