Transplantologiya — tibbiyotning inson a'zolarini köçirib ötkazişga oid muammolarini örganuvçi bölimi bölib, sun'iy organlar yaratiş bilan ham şuğullanadi.
Transplantologiya ham bir neça yönalişlarga bölinadi:
- ksenotransplantatsiya – organlar va/yoki töqimalarning boşqa turdagi biologik turdan (masalan hayvonlardan) transplantatsiya qilinişi;
- allotransplantatsiya - transplantatsiyaning bu turida donor sifatida genetik va immunologik jihatdan begona inson iştirok etadi;
- sun'iy organlar – garçi dastlabki qadamlar endi qöyilayotgan bölsa-da, bu yönaliş ham eng istiqbolli hisoblanadi;
- özak hujayralardan turli a'zolarni yetiştiriş;
- autotransplantatsiya – donor va retsipiyent (ya'ni oluvçi va beruvçi) bir insonning özi böladi (masalan, tananing ma'lum qismidagi teri zarur joyga köçiriladi).
Zamonaviy transplantologiya asosçisi Aleksis Korrel hisoblanadi va u bu boradagi tadqiqotlari uçun 1912 yilda Nobel mukofotiga sazovor bölgan. Aynan Korrel inson a'zolarini köçirişning asosiy prinsiplarini işlab çiqqan va amaliyotga kiritgan.
Şundan keyin içki a'zolarni köçirib ötkaziş quyidagi davrlarni boşdan keçirgan:
- 1954 yilda jarroh Jozef Myurrey boşçiligidagi şifokorlar guruhi egizaklardan biridan ikkinçisiga buyrakni muvaffaqiyatli köçirib ötkazgan. Myurrey keyinçalik tadqiqotlarini davom ettirib, begona organizmlardan ham transplantatsiyalar amalga oşirgan hamda organlarning uyğun faoliyatini yölga qöyiş böyiça qator yangiliklar kiritgan.
- 1956 yilda Tomas Starzl ilk bor jigar köçirib ötqazgan.
- 1963 yilga kelib Missisipi universiteti klinikasi şifokori Jyeyms Xardi bitta öpkani köçirib ötqazgan. Ammo bemor oradan bir neça kun ötib vafot etadi. Bir öpkaning muvaffaqiyatli transplantatsiyasi 1983 yilda jarroh Joyel Kuper tomonidan amalga oşirilgan. Aynan Kuperning özi 1986 yilda ikki öpkani köçirib ötkazişga ham muvaffaq bölgan.
- Transplantatsiya sohasida öziga xos inqilob sifatida qaraladigan yurakni köçirib ötkaziş operatsiyasi JARlik jarroh Kristian Barnard tomonidan 1967 yilda amalga oşirilgan. Barnardning bemori 16-kuni vafot etgan bölsa-da, şifokor şon-şuhrat bilan tibbiyot tarixiga kirdi.















