12 dekabr kuni akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor Karoli sindromiga çalingan bemorda murakkab jigar köçiriş operatsiyasi ötkazildi. Uşbu jarrohlik amaliyoti xirurg, professor Mirşavkat Akbarov boşçiligidagi özbekistonlik şifokorlar tomonidan mustaqil amalga oşirildi.

12 soatdan ortiq davom etgan jarrohlik amaliyotida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Rabot mahallasida yaşovçi 18 yoşli bemor — Feruzbek Şamsiddinovga 44 yoşli onasi Gulçehra Yuldaşevaning jigaridan bir bölagi köçirib ötkazildi. 

Hozir har ikkala bemorning ham ahvoli yaxşi, donor esa palataga olingan. Operatsiya oldidan Feruzbek va onasi özlarining his-hayajonlari va fikrlarini SSV Matbuot xizmati bilan örtoqlaşdi.

«Ikki yil avval terimda juda kuçli qiçişiş paydo böldi. Keyinçalik rangim sarğaya boşladi. Şundan söng tuman köp tarmoqli poliklinikasi şifokorlariga murojaat qildik. Topşirgan qon tahlillarim menda gepatit V kasalligi borligini körsatdi. 

Vraçlar tavsiyasi bilan tibbiy muolajalar olişni boşladim, biroq umumiy ahvolimda ijobiy özgariş bölmadi. Şundan söng Buxoro viloyat klinik şifoxonasida qayta tibbiy tekşiruvlardan ötdim. 

Yakuniy tahlillardan keyin şifokorlar jigarimda jiddiy xastalik borligini, uni esa Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida operatsiya orqali davolaş mumkinligini aytişdi. Bu yerga kelgaç, menda kamdan kam uçraydigan oğir kasallik aniqlandi. Oçiği, avvaliga biroz qörquv böldi. Ammo şifokorlarning tavsiyalari, ruhiy daldasi uşbu hayajonni yengişimga katta yordam berdi», deydi Feruzbek Şamsiddinov. 

Bemorni operatsiyaga tayyorlagan şifokor Azimjon Usmonov bu yil önlab hamkasblari qatori Rossiyaning akademik V.I.Şumakov nomidagi transplantologiya va sun’iy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazida malaka oşirib qaytgan yoş jarrohlardan hisoblanadi.

U Karoli sindromi kamyob kasallik bölib, har million kişining bittasida aniqlanişini ta’kidladi. Bemor yoş bölgani va kasallik irsiy ekani hamda heç qanday virusli infeksiya yöqligi sababli Feruzbek operatsiyadan söng özini tez tiklab oladi. 

Ma’lum bölişiça, dastlab bemorning akasi donorlikka tayyorlanayotgan bölgan. Lekin tekşiruvlarning anatomik xususiyatlari uning donor böla olmasligini körsatgan. Keyin esa bemorning onasi tekşirilib, jigarning bir bölagini oliş uçun barça körsatkiçlar mos kelgan. Biroq ortiqça vaznga ega bölgani uçun Gulçehra opa bir oy içida 10 kilogrammga ozişiga töğri kelgan.