Soğliqni saqlaş vaziri birinçi örinbosari Amrillo Inoyatov Hindistonga safar davomida 15ta yirik tibbiyot kompaniyalari bilan aloqalar örnatilganini ma’lum qildi. Kelişuvga köra, Farğona viloyatida köp tarmoqli tibbiyot markazi va bolalar kardioxirurgiyasi, transplantologiya va onkologiya yönalişi böyiça tibbiyot universiteti filiali taşkil etiladi.

«Yakunlanayotgan yil Özbekiston soğliqni saqlaş tizimida özgarişlar va ta’bir joiz bölsa sinovli ötdi desak ham böladi. Oq xalatli xodimlar joriy yilda ham pandemiya davrida işladi.

Muhtaram prezidentimiz va tizimga kelgan yangi vazir tomonidan olib borilayotgan islohotlarni xalqimiz köra boşladi.
Kirib kelayotgan yangi 2022 yil esa Özbekiston tibbiyotida misli körilmagan özgariş va yangilanişlar yili bölişi şubhasiz. Ötgan haftda dunyoning tibbiyoti juda rivojlangan davlati Hindistonda bölib qaytdik. Bu davlatdagi hamkasbimiz - Hindiston Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari va bir qator dunyoda maşhur tibbiyot muassasalari rahbariyati bilan uçraşib, xalqimizga katta manfaat keltiradigan kelişuvlarga erişdik. Jumladan, öz içiga 90ta klinika, 71ta gospital va 200ga yaqin turli markazlarga ega Apollo Hospitals kompaniyasi bilan imzolangan kelişuvga köra, Farğona viloyatida köp tarmoqli tibbiyot markazi va bolalar kardioxirurgiyasi, transplantologiya va onkologiya yönalişi böyiça tibbiyot universiteti filiali taşkil etiladi. Markaz qurilişi 2022 yilda boşlanadi.

Medanta Hospital va Sharda Hospital kompaniyalari bilan hamkorlikda mamlakatimizning turli hududlarida yirik tibbiyot markazlari va ikkala markaz qoşida ham oliy ta’lim muassasalari oçiladi. 

Şunga öxşaş Hindistonning 15ta yirik tibbiy kompaniyalari bilan aloqalar örnatdik. Şuningdek, turli jarrohlik tibbiy muolajalari oliş uçun yurtimizdan borgan vatandoşlar bilan uçraşdik, ularga imkon qadar kömak berişga harakat qildik. Xalqimizning yirik jarrohlik amaliyotiga bölgan ehtiyojidan kelib çiqib, 2022 yilda yurtimizda «Özbekiston - Hindiston» tibbiyoti oyligini ötkazişni rejalaştirganmiz. Mazkur oylik doriasida mamlakatimizning turli hududlarida tibbiy köriklar, muolajalar va jarrohlik amaliyotlari amalga oşiriladi. Bu esa har bir bemorning juda katta miqdordagi mablaği tejalişiga olib keladi», deydi vazir örinbosari.