Xarkovda noma'lum şaxslar Ozarboyjon konsulligi binosini öqqa tutişdi. Bu haqda konsullik matbuot xizmati xabar berdi.

«6 noyabrdan 7 noyabrga ötar keçasi Ozarboyjonning Xarkovdagi faxriy konsulligi binosi öqqa tutildi. Konsullik eşik va derazalariga olti marta öq uzildi. Hujum qilganlar ikki nafar şaxs bölgan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi uşbu hodisani qoraladi va aybdorlarni javobgarlikka tortiş uçun Ukraina huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlik qilişini bildirdi.

Ma'lum qilinişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.