Baydenning Tvitterdagi akkaunti AQŞ prezidentlik saylovlari bölib ötganidan keyin katta ösişga erişdi. 3 noyabrdan buyon bu ijtimoiy tarmoqda Baydenning öquvçilari soni 3,5 million nafarga köpaydi. Ayni damda Baydenni Tvitterda 15,7 million kişi öqiydi. Taqqoslaş uçun Trampni Tvitterda 88,7 million kişi, sobiq prezident Barak Obamani 125,4 million kişi öqiydi.

Ma'lumot uçun, AQŞ prezidentlari Tvitterda ikkita akkaunt işlatişi mumkin. Bayden inauguratsiya marosimidan keyin POTUS (President of the United States of America) akkauntiga ega böladi. Şuningdek, Tramp kabi öz akkauntini yuritişda ham davom etişi mumkin.

Tvitterda saylov bilan boğliq yana bir voqea sodir böldi. Saylov boşlanganidan buyon Trampning tvitlarini işonçsiz deb belgilayotgan Tvitter Baydenning ğalaba qozongani e'lon qilingaç, amaldagi AQŞ prezidentini mazax qildi. Tvitterda «looser» (omadsiz) sözi yozilsa, qidiruvda birinçi bölib Trampning akkaunti körinmoqda.

AQŞning qator yirik naşrlari demokratlar vakili Jo Bayden prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganini e'lon qildi. Associated Press ma'lumotiga köra, Bayden allaqaçon 284 ta ovoz bilan ğolib bölgan. Bayden Nevada, Arizona va Pensilvaniyada ustunlikka erişgani ma'lum. Uning özi kamida 300 ta ovoz töplaşiga işonayotganini aytgandi.