2020 yil ötgan yillarning birortasiga öxşamadi va barça davlatlarning tibbiyot tizimiga aql bovar qilmas bosim paydo böldi. Kuni keça davlat rahbari faqat soğliqni saqlaş sohasiga oid alohida selektor yiğilişi ötkazdi hamda sohadagi muammolarni, yeçim yöllarini sanab ötdi. Çindan ham bevosita prezident boşçiligida, davlatning barça mutasaddilari iştirok etgan va faqat tibbiyotga atalgan alohida yiğiliş hali bölmagandi.
Umuman, tibbiyot xodimlari sönggi yillarda keskin tanqidlarga köp nişon böldilar, haqorat qilindilar va hatto kaltaklandilar ham. Ammo aynan koronavirus pandemiyasi paytida öziga xos ijobiy tendensiya kuzatildi – tez yordamlarga murojaatlar karrasiga oşganiga qaramay, şifokorlarga qöpollik qiliş yoki qöl kötariş holatlari (nisbatan) deyarli bölmadi. Bu ham xalqimizning soha xodimlariga munosabati özgara boşlagani, mehnatlarining qadriga yetayotganining dalolatidir.
Bu yilgi sinov nafaqat Özbekiston, balki dunyo tibbiyotiga nihoyatda jiddiy yuk bölib tuşdi. Hammamiz şifokorlarning faoliyati naqadar murakkab ekanini yana bir bor his qildik. Albatta, soha qiyinçiliklarni ham boşdan keçirdi, barça vazifalarni uddalay olmagan paytlari ham böldi. Şunga qaramay, umumiy natijalarga köra baribir kasallikni ma'lum darajada jilovlaşga erişildi va yuraklardagi vahima ança aridi.
Ammo bunga qadar bemorlar bilan birga juda köp şifokorlarni ham yöqotdik...
* * *
Tibbiyot bugungi darajaga çiqquniça köp bosqiçli va muttasil rivojlanişni boşdan keçirgan. Lekin baribir insoniyatni qiynovçi kasalliklar hamon bisyor, davosiz dardlar bilan kuraş uzluksiz davom etmoqda. Biror davlat aholisining soğlomligi heç qaçon bir jihatga – tibbiyotga boğliq bölmaydi. Bugungi kunda soğlom turmuş tarzi, ekologiya, kasalliklar profilaktikasi, diagnostika kabi qator jihatlarning barçasiga jiddiy qaraş orqaligina salomatlikka, uzoq umr körişga erişiş mumkin.
Davlat rahbari belgilab bergan vazifalar içida bu jihatlarning hammasi nazarda tutilgan. Ayniqsa uzoq hududlarda işlovçi tibbiyot xodimlariga alohida imtiyozlar berilayotgani bugungi kundagi oğriqli masalaning öziga xos yeçimidir.
Şu bilan birga, pulli va bepul xizmatlarni aniq belgilab oliş, xususiy tibbiyotni, davlat xususiy şerikçilikni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini rağbatlantiriş, tibbiy suğurta tizimini yölga qöyiş kabi islohotlar ham hayotga tatbiq etilişi kutilmoqda.
* * *
Bugun sohada faoliyat yuritayotgan, köpçilik xususiy tibbiyotga ötib ketayotgan davrda ham öz kasbiga muhabbat va bemorlariga sadoqat tufayli işini davom ettirayotgan şifokorlarni haqiqiy qahramonlar deb ataş mumkin. Ularning aksariyati oz maoşga qanoat qiladi, majburiyat yuzasidan tungi navbatçiliklarda turadi, bemorlarning dardiga qarşi kuraşiş bilan birga hasratlariga ham şerik böladi.












