“Sinxua” axborot agentligining xabar berişiça, raketa Xitoyning şimolida joylaşgan Tszyutsyuan kosmodromidan uçirilgan.

CERES-1 kiçik ölçamdagi raketa-taşuvçi bölib, u orbitaga kiçik ölçamli sun'iy yöldoşlarni çiqara oladi. Raketa Galactic Energy kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.

Raketa Yerga yaqin orbitaga 350 kggaça va 700 km balandlikdagi quyoş-sinxron orbitasiga 230 kggaça yuk olib çiqa oladi.

Raketa ilk parvozi doirasida “Tyansi” sun'iy yöldoşlar guruhining 11-sun'iy yöldoşini belgilangan orbitaga çiqargan. 

15 sentyabrda Xitoy Sariq dengizdagi platformadan birinçi marta raketani orbitaga uçirgandi. “Çançjen-11” raketasi yordamida orbitaga “Tszilin-1 Gaofen 03-1” sun'iy yöldoşlar guruhiga kiruvçi 9 ta fazoviy qurilma çiqarilgan.