Atmosferadagi uglerod çiqindilari “qora” va “jigarrang” uglerodga bölinadi. “Qora” uglerod moddaning yuqori haroratlarda töliq yonmaganida hosil böladi va qurumning asosiy komponenti hisoblanadi. “Jigarrang” ulgerod esa kislorod bilan aralaşgan uglerod bölib, u azot, oltingugurt va kaliy kabi elementlar izlariga ega. Bunday uglerod biomassa yoki ösimliklarning yonişida hosil böladi va köndalangiga 200 nanometr ölçamdagi mitti qatron şarçalar şakllanişiga olib keladi.  

Olimlar jamoasi Himolay tadqiqot stansiyasidagi havodan namuna olib, undagi ming zarradan 28 foizi qatron şarçalar ekanini aniqlaşgan. Olimlar arxivlarni közdan keçirib, şarçalar uluşi havo ifloslanişi yuqori bölgan kunlarda, jumladan dalalarda buğdoy poyalari yoqilganda oşganini aniqlaşgan.

“Jigarrang” uglerod yoruğlik va issiqlikni yutadi. U sababli qor va muz quyoş nurlarini qiyin qaytaradi va muzliklar eriy boşlaydi. 

Ta'kidlanişiça, sayyoramizdagi eng baland çöqqilarga ega bölgan Himolay toğlarida Arktika va Antarktika taşqarisidagi muzlik qorining eng katta zaxirasi mavjud. Şu sababli Himolay ba'zida “sayyoraning uçinçi qutbi” deb ham ataladi. Ammo körinişiça, toğlarning balandligi va olisdaligi ham ularni sanoat çiqindilaridan himoyalay olmagan.