Gvatemalaning eng uzun daryosi Motagua orqali har yili okeanga 40 million funt (18 million kilogramm) çiqindi kelib tuşadi, deb xabar beradi CNN.
Qayd etilişiça, bu Markaziy Amerikadagi eng iflos daryolardan biri bölib, Gonduras körfaziga, oxir-oqibat esa Karib dengiziga quyilişidan oldin Gvatemala orqali 486 kilometrga çözilgan. Ayrim hisob-kitoblarga köra, Motagua daryosi orqali oqim böylab pastga taşiladigan çiqindi dunyo okeanlariga har yili kelib tuşadigan jami plastik çiqindilarning taxminan 2 foizini taşkil etadi.
«Har 60 soniyada okeanga (butun dunyoda) bir samosval plastik kelib tuşadi», — deydi plastik çiqindilar orqali ifloslanişga çek qöyişga möljallangan Amerikaning 4ocean startapi boş direktori Aleks Şuls.
Şuls 4ocean’ga 2017 yilda dösti Endryu Kuper bilan Bali, Indoneziyaga safarlaridan keyin asos solgan. Öşanda ular okeanga kelib tuşadigan plastik çiqindilar kölamidan hayratga tuşişgan. Kompaniya okeanlar, daryo va sohil böylaridagi çiqindilarni töplab, uni bilakuzuk, quriliş materiallari yoki yonilği kabi mahsulotlarga aylantiradi va ularni sotadi. Kompaniya qayta işlab bölmaydigan mahsulotlarni çiqindi poligonlariga yuboradi. Bugungi kunda uning Gvatemalada, Florida va Indoneziyada jamoalari bor bölib, 2017 yildan beri ular 37 million tonnadan ortiq çiqindi töplagan.

4ocean Gvatemaladagi mahalliy brigadalari tomonidan amalga oşiriladigan missiyasiga qöşimça sifatida Motagua daryosi etagidan oqim böyiça suzadigan 48 kilometrli törlarni joylaştirgan. Mustahkam materialdan işlangan tör çiqindilarni tutib qolib, yovvoyi hayvonlarga zarar yetkazmaydi.
«Motagua daryosi orqali oqadigan çiqindi va plastikning katta qismini yomğirlar mavsumidan oldin tutib qoliş niyatidamiz», — deydi 4ocean’ning Gvatemaladagi menejeri Kevin Kuxlou.
Uning sözlariga köra, yomğirlar mavsumi avvalida törga şikast yetkazgan. Ötgan yili kuçli şamol törni mahkamlangan joyidan siljitib yuborgan va uning bir qismi oqim böyiça oqib ketgan. Bu holat takrorlanmasligi uçun 4ocean daryo özanida çuqurlar qazib, tizimni mustahkam qotirib çiqqan.
Kompaniya hisob-kitoblarida keltirilişiça, 2023 yilda tör örnatilganidan beri 45 ming kilogramm çiqindi töplangan. Bu umumiy hajmdagi çiqindilarning kam qismini taşkil etsada, kompaniya bu orqali mahalliy hamjamiyatni plastikni daryoga taşlamaslik borasidagi ogohligini oşiriş niyatida.











