Gap Himolay börisi bilan daydi it çatişmasidan paydo bölgan gibrid haqida ketmoqda. Olimlar bu hayvon mahalliy tabiat muvozanatini özgartirişi va yaqin kelajakda insonlar uçun jiddiy xavfga aylanişidan xavotirda.
Himolay börisi (Canis lupus chanco) — kulrang börining qadimiy va genetik jihatdan alohida turi hisoblanadi. U Tibet toğli hududlari va Himolayda yaşaydi hamda sovuq iqlim, kislorod tanqisligi va oziq-ovqat kam şaroitga yaxşi moslaşgan.
Biroq sönggi yillarda ular yaşaydigan muhit tez özgarmoqda. Olimlar ta’kidlaşiça, toğli hududlar pastliklarga nisbatan tezroq isimoqda. Şu bilan birga, urbanizatsiya va çiqindilar köpayişi yovvoyi hayvonlarni odamlar va daydi itlarga yaqinlaştirmoqda.
Bu jarayonning eng yaqqol misollaridan biri Himolayning ğarbiy qismidagi Ladakx hududida kuzatilmoqda. Bu yerda atigi bir neça yuzta Himolay börisi qolgan bölsa, daydi itlar soni 25 mingtaga yetadi.
Itlar töda bölib toğlarga çiqadi va Himolay börilari ovlaydigan hayvonlarga ov qiladi. Endi esa ular özaro çatişib ketmoqda. Natijada “kxipşang” deb atalgan yangi gibrid paydo bölgan.
Ladakx tilida “kxi” — it, “şang” esa — böri degan ma’noni anglatadi.
Snow Leopard Conservancy India Trust tabiatni muhofaza qiliş taşkiloti rahbari Tsevang Namgaylning aytişiça, kxipşang taşqi körinişi jihatidan itdan kattaroq, ammo böridan kiçikroq.
Uning juni qizğiş-qumrang tusda bölib, xulq-atvori ham oddiy itlardan farq qiladi. Eng xavotirlisi — u odamdan qörqmaydi va daydi itlar tödasiga yetakçilik qiladi.
Ladakxlik naturalist va rejissyor Muhammad Imronning ta’kidlaşiça, kxipşangda börining ovçilik instinkti va itlarga xos odamdan qörqmaslik xususiyati birlaşgan. Bu esa uni ayniqsa xavfli qiladi.
Yangi yirtqiç qişloqlarga kirib, çorva mollarini öldirmoqda va odamlarga ham hujum qilmoqda. Mutaxassislar bunday hujumlar soni yaqin yillarda ortişi mumkinligidan xavotirda.
Olimlar vaziyat yomonlaşişini aynan sönggi beş yil içida gibridlar soni tez köpaygani bilan boğlamoqda. Hozirning özida Ladakxning qariyb 60 ming kvadrat kilometr hududida taxminan 80 ta kxipşang borligi aytilmoqda.
Himolayda odamlar uçun xavfli yangi yirtqiç paydo böldi
13:20 / 19.05.20269 2683 min
Himolay toğlarining baland hududlarida yangi yirtqiç paydo böldi. U odamlardan qörqmaydi, daydi itlar tödasini boşqaradi va qişloqlarga tez-tez kirib bormoqda. Mahalliy aholi uni “kxipşang” deb atayapti.












