Mirzo Uluğbek tumanidagi Orol 4 köçasida yaşovçi fuqaroning uyida töplanayotgan çiqindilar sabab boşqa qöşnilarning hayoti xavf ostida qolyapti. Çunki hududda kalamuş, siçqon, ilonlar paydo bölgan. Fuqaro ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan. Ammo oradan vaqt ötib, muammo takrorlanaveradi. Kun.uz muammoning sabablari va unga nega haligaça barqaror yeçim topilmaganini örgandi.

Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi Podşoboğ mahallasida yaşovçi fuqarolar yillardan buyon bir qöşni bilan boğliq muammodan şikoyat qilib kelmoqda. Ularning aytişiça, mahalladagi uylardan birida istiqomat qiladigan Lyubov Makunina muntazam ravişda turli çiqindilarni uyi va hovlisi atrofiga töplaydi. Natijada hududda yoqimsiz hid tarqalişi, kalamuş va boşqa zararkunanda kemiruvçilar köpayişi kuzatilmoqda.

Mahalla aholisi sözlariga köra, muammo bir neça yildan beri davom etmoqda. Hatto ayrim qöşnilar bu holat takrorlanmasligi uçun fuqaroga har oy ma’lum miqdorda mablağ berişni ham taklif qilgan. Ammo bu taklif rad etilgan va vaziyat yana avvalgi holatiga qaytgan.

Fuqarolarning aytişiça, ular bir neça bor turli idoralarga murojaat qilgan. Hudud vaqti-vaqti bilan tozalangan bölsa-da, çiqindilar yana yiğila boşlagan. Ayni paytda qöşnilar muammoni barqaror hal qiliş uçun qaysi taşkilotga murojaat qiliş kerakligi borasida ham aniq yeçim topa olmayotganini bildirmoqda.

“Şu mahallaga 2020 yilda köçib kelganmiz, öşandan beri bu hol davom etib kelyapti. Hozir uyimizda kalamuş ham, siçqon ham bor, ilonlarni körişibdi qöşnilarimiz. Juda tahlikada yaşaymiz, yiliga bir neça marta dezinfeksiya çaqiramiz, çunki uyimizga ötib ketmasligi uçun. Har doim atrof-muhitniyam dezinfeksiya qilişga harakat qilamiz. Yillar davomida mutasaddi idoralarga aytib kelyapmiz: yordam berişyapti. Lekin har safar şu narsaga energiya sarflaşdan odam çarçadi. Beş yildan beri bitta yeçim qilinmayapti, 10-15 yil – yana qança şuğullaniş mumkin bu bilan?”, - deydi şu köçada yaşovçi Salih Bekmurodov.

Tasvirga oliş jarayonida Kun.uz profilaktika inspektori bilan birgalikda mazkur xonadon eşigini bir neça bor taqillatib, uy egasini suhbatga çaqirişga urindi. Biroq içkaridan faqat itlarning hurgani eşitildi.

“10 yildan beri xotin-qizlar faoli bölib işlayman. Orol 4 köçasidagi fuqaroning yaşaş şaroitini azaldan bilamiz. Qöni-qöşnilari şikoyat qilişadi. 2023 yilda SES boşçiligida özimiz tozalab ketganmiz. Öşanda nafaqa çiqarişga yordam beraylik deganimizda könmadi. Muşuk-kuçuklarining qonuniy pasportlari bor. Uyi töla axlat, haşarotlar. Öziniyam zararlaşi mumkinligini aytsak tuşunmaydi, kulib turaveradi. Yaqinlarini sörasak aldaydi”, deydi mahalla xotin-qizlar faoli Robiya Rahmatullayeva.

Mutaxassis: bu holat ruhiy salomatlik bilan boğliq bölişi mumkin

Tibbiy psixolog Guli Törayevaning ta’kidlaşiça, bunday holatlar ayrim ruhiy buzilişlar bilan boğliq bölişi mumkin.

“Xalqaro kasalliklar kvalifikatsiyasida bu holat Plyuşkin sindromi, ya’ni patologik jamğariş kasalligi deyiladi. Avvallari bu simptom sifatida köringan, lekin hozirgi kunda alohida kasallik sifatida röyxatdan ötgan. Bu kasallikka yondoş kasallik sifatida şizofreniya, depressiyasi bölgan insonlarda uçraşi mumkin. Bu holat Plyuşkin sindromi deyiladi, ilmiy adabiyotlarda patologik jamğariş kasalligi hisoblanadi. Bunga psixiatr taşxis qöyadi, kerak bölganda dori-darmon va klinik psixoterapevt tomonidan muolajalar ötkazilişi kerak.

Bunda inson barça çiqindilarni, hayvonlarni uyga yiğib keladi. Hatto uyida yaşaşga joy qolmasligi mumkin, sanitariya-gigiyena talablari judayam buziladi. Biror buyumiga qöl tekkizmoqçi bölganlarga qattiq agressiya bilan javob qaytaradi. Kasallik kelib çiqişiga ayrim sabablar bor: oxirgi ötkazilgan ilmiy tadqiqotlarda şunday taşxisli bemorlar tekşirilganda peşona qismining öng tomonida jarohatlar ötkazgan insonlarda bu kasallikka uçraş ehtimoli katta. Yaqinlarini yöqotgan, yolğiz, şizofreniyasi bor, depressiyadagi insonlarda ham bu ehtimol katta.

Ularga birinçi örinda taşxis qöyiş kerak. Buni psixiatr qöyadi – mustaqil kasallik yoki boşqa kasallik alomatlari ekani aniqlanadi. Bu bemorlarga tanbeh beriş, narsalariga tegiş ularni tajovuzkor qilib qöyadi. Ularni şifokor körigiga olib boriş tavsiya qilinadi”.

Qonunçilikda qanday javobgarlik bor?

Mahalla inspektori ma’lum qilişiça, mazkur fuqaro bir neça marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Şuningdek, şahar obodonlaştiriş va maxsus xizmat taşkilotlari tomonidan hudud bir neça bor tozalangan. Biroq ma’lum vaqt ötgaç, çiqindilar yana töplana boşlagan.

Amaldagi qonunçilikka köra, aholi yaşaş joylarida sanitariya qoidalarini buziş, hududlarni ifloslantiriş yoki obodonlaştiriş talablariga rioya etmaslik holatlari uçun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Agar bunday holatlar aholi salomatligiga xavf tuğdirsa, vakolatli idoralar sanitariya-epidemiologiya xizmati, içki işlar organlari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qöşimça çoralar körişi mumkin.

Biroq Podşoboğ mahallasidagi holatda asosiy muammo – yana bir marta çiqindilarni tozalaş emas, balki vaziyatga amaliy va tugal yeçim topiş. Bugun bir fuqaroning harakatlari oqibatida atrofdagi önlab odamlar yoqimsiz hid, kalamuşlar va zararkunanda haşarotlar bilan yonma-yon yaşaşga majbur bölayotganini aytişmoqda. Eng muhimi, mahalla ahli ta’kidlayotgan muammo yillardan buyon takrorlanayotgan bölsa-da, unga hanuz barqaror yeçim topilmagan.