Oxirgi ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 50,5 mlndan oşdi, infeksiyadan 1,25 mlndan köproq kişi vafot etgan.
Koronavirusga çaliniş holatlari böyiça AQŞ 1-örinni egallamoqda. Bu yerda kasallanganlar soni 10,2 mlndan oşib ketdi, 243 mingdan köproq kişi virus qurboni böldi. Şu bilan birga, 6,4 mlndan köproq kişi infeksiyadan foriğ bölgan.
2-örinni 8,5 mlndan köproq kasallaniş holati bilan Hindiston egallamoqda. Mamlakatda 126 mingdan köproq kişi virus qurboniga aylangan, 7,8 mlndan köproq kişi soğayib ketgan.
Kasallaniş holatlari soni böyiça 3-örinni Braziliya egallamoqda. Janubiy Amerika davlatida pandemiya boşidan beri 5,6 mlndan köproq kişi virusga çalingan, 162 mingdan köproq kişi undan vafot etgan.
6 noyabrda JSST dunyoda rekord sondagi kunlik kasallaniş holatlarini qayd qilgan - 581,6 mingta. Bungaça oktabr oyida bir neça marotaba rekord darajada kunlik kasallaniş holatlari qayd qilinib kelgan.
JSSTning ogohlantirişiça, keyingi bir neça oy içida dunyoda koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat oğir keçadi. JSST vakili Melita Vuynoviç hozirgi vaziyatni pandemiyaning eng oğir bosqiçi deb atagan.













