Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 11 ming tonnaga ko‘paygan
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda shu yilning yanvar-sentabr oylarida 769,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 1,4 foizni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 11,0 ming tonnaga ko‘paygan.
Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:
- Buxoro viloyati – 80,6 foiz;
- Farg‘ona viloyati – 18,5 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 1,0 foiz.
Mamlakat 2020 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga 55,9 mln. litr yoki 15,6 mln. AQSh dollarlik avtomobil benzinini eksport qilgan. Respublikaga xorijiy davlatlardan 152,9 mln. litr yoki 33,1 mln. AQSh dollarlik avtomobil benzini import qilingan.
Mavzuga oid
15:21
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
14:36
Oliy ta’lim xizmatlari ta’lim bozorining deyarli yarmini egalladi
13:46
Statistika: O‘zbekistonda turistik agentliklar xizmatlari keskin oshdi
12:23