Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov matbuot anjumani ötkazib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi. Uning Kun.uz muxbiri savoliga javoban aytişiça, gazlaştirilmagan hududlarga elektr energiyasi tölovidan çegirma beriş masalasi hamon körib çiqilmoqda. Yil yakunigaça hukumatga taklif kiritamiz, deydi vazir.

28 oktyabr kuni energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik mavzusida matbuot anjumani ötkazdi.

Elektr energiyasi

Mirzamahmudovning aytişiça, Özbekistonda 1991 yildan 2016 yilgaça 3,5 GW quvvat işga tuşirilgan bölsa, sönggi 8 yilda bu 15 GW'ga yetgan.

“Yozda ham elektr energiyaga talab keskin oşdi. Tiğiz vaqtida 13 300 megavattgaça yetdi. Kuniga 270-275 million kWh iste’mol hisobiga, tarmoqlarda avariyalar böldi. Bu nafaqat qişga, balki yozga ham tayyorlanib borişimiz zarurligini körsatyapti. Ötgan yili umumiy elektr energiya iste’moli, işlab çiqariş 81,5 mlrd kWh bölgan bölsa, bu yil yakuni bilan 85,5 mrld kWh'ga yetkazişni rejalaştirganmiz.

Elektr energiya yetkazib beriş bilan birga, isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi. Prezidentimizning tegişli qarorlariga köra, ijtimoiy himoya yagona reyestri, kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va mahalla yettiligi tomonidan şakllantirilgan qöşimça röyxat asosida ehtiyojmand oilalarga noyabr oyida isitiş mavsumiga qöşimça kompensatsiya qiliş maqsadida 1 mln sömdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi”, – deydi Mirzamahmudov.

Uning ta’kidlaşiça, respublikada joriy yilgi kuz-qiş mavsumida 47 milliard kWh elektr energiyasi iste’mol qilinişi kutilmoqda. Ya’ni kunlik örtaça 257 million kWh. Bu – ötgan yilga nisbatan 20 mln kWh'ga köp. Vazirga köra, generatsiya obektlari hisobiga içki iste’mol töliq qoplanadi.

Mirzamahmudovning qayd etişiça, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida uzunligi 7455 km bölgan uzatiş tarmoqlari, 1748 ta transformator punkti yangilangan, 954 ta mahallada elektr ta’minoti yaxşilangan. Bundan taşqari 553,1 ming kilometr uzunlikda yuqori va örta bosimli gaz tarmoqlari, 971 ta gaz taqsimlaş punktlari yangilangan.

“Oğriqli nuqtalarimiz bor, buni bilamiz. Milliy elektr tarmoqlarda, hududiy elektr tarmoqlarda, 900 dan ortiq mahallada qilingan işlarni aytdim, lekin hali 35 foiz taqsimlaş tarmoqlarimiz 40 yildan ortiq işlatilgan. Masalan, öşa hududda aholimizning hayot farovonligi ösyapti. Oldin mahallada ikkita konditsioner bölgan bölsa, hozir hamma mahalladagi barça uyda konditsioner bor. Hammaning uyida elektropriborlar bor, hamma narsa bor. Ya’ni elektr energiya iste’moli oşyapti, lekin ularga tortilgan simlar, örnatilgan transformatorlar quvvati u quvvatga möljallanmagan.