2021 yildan boşlab, özbekistonlik mehnat muhojirlari özini özi band qilgan şaxslarga tenglaştiriladi va ularga öz ixtiyorlariga köra çet elda işlagan davri uçun ham pensiya hisoblanişi mumkin. Pensiya hisoblanişini istagan mehnat muhojirlari ijtimoiy soliq (0,5 BHM – 111 500 söm) tölab borişi lozim böladi.

Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi bölim boşliği Abror Xolmatovning sözlariga köra, mehnat muhojiri pensiyaga çiqqanida u oladigan pensiya miqdori tölagan ijtimoiy soliği miqdoriga boğliq.

«Pensiya miqdorini fuqaroning özi belgilaydi. Agar fuqaroga pensiya köproq kerak bölsa, pensiya jamğarmasiga ixtiyoriy tarzda köproq ijtimoiy soliqlarni tölagan taqdirda, uşbu fuqaroning pensiyasi miqdori ham köproq böladi. Ijtimoiy soliqning eng kam miqdori belgilab qöyilgan, lekin eng yuqori miqdori belgilanmagan. Misol uçun, fuqaro 10 million söm ijtimoiy soliq tölaydigan bölsa, şu summadan kelib çiqib pensiya miqdori belgilanadi.

Respublika böyiça 3,6 milliondan ortiq fuqaro pensiya oladi va 3,6 milliondan ortiq pensiya miqdorlari mavjud. Har bir fuqaroga individual yondaşiladi: bu fuqaro hozir bunça ijtimoiy soliq tölasa, pensiyasi qança böladi, degan savolga heç qaysi mutaxassis javob bera olmaydi, sababi birinçi navbatda fuqaroning iş staji hisoblanadi, undan kelib çiqqan holda tölagan ijtimoiy soliqlari hisob-kitob qilinadi», – dedi Abror Xolmatov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Abror Xolmatov

Özbekistonda yoşga doir pensiya fuqaroning örtaça oylik iş haqining 55 foizi miqdorida belgilanadi. Ammo bu miqdor yoşga doir eng kam pensiya miqdori (hozirda 513 350 söm)dan kam bölmasligi kerak.

«Misol uçun, bir fuqaro çet elda, deylik Rossiyada işlab keldi. U (erkak) 25 yillik iş stajiga ega, ya'ni ijtimoiy suğurtalangan iş staji bor. Bundan taşqari, çet elda işlagan 5 yillik iş staji ham bor. Pensiya jamğarmasiga tölanadigan ixtiyoriy ijtimoiy tölov summasining yuqori poğonasi belgilanmagan, minimumi belgilangan. Kami bilan bunça tölaysan, köpi bilan xohlaganingça tölagin, deb qöyganmiz.

Fuqaroning özi uçun pensiya köproq kerakmi? Marhamat, pulingiz bormi, 111 ming söm emas, 1 mln söm tölang. Albatta, 1 mln söm tölagan (çet elda işlab kelgan) fuqaroning pensiyasi bilan 111 ming söm tölagan fuqaroning pensiyasi farqli böladi»,